Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanadi?
❓Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanadi? Dars soatlari o‘qituvchilarning ko‘rsatkichlariga qarab taqsimlanadi (https://lex.uz/docs/4919258#4926363): 👉 xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar; ❗️ Dars soatlari umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan qayta taqsimlanishi mumkin. @Oylik_hisoblashbot — Oylik hisoblash uchun botDars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanadi?
DO`STLARGA ULASHING:
👉 o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
👉 xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
👉 TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan o‘qituvchilar;
👉 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
👉 o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
👉 respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
👉 oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
👉 birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
👉 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
👉 ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
👉 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
👉 o‘z fanidan o‘tkazilgan sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
👉 oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
👉 qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
👉 OTMning pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
👉 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
👉 o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
👉 umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.
Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanadi?