DAROMAD DEKLARATSIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DAROMAD DEKLARATSIYASI haqida malumot bilib oling.

DAROMAD DEKLARATSIYASImoliya yoki kalendar yilida fuqarolar (jismoniy shaxslar) tomonidan soliqqa tortiladigan jami daromadlari koʻrsatilgan va davlat organlariga takdim etiladigan xabarnoma. Jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlarda mulk deklaratsiyasi bilan bir qatorda joriy qilingan.

Oʻzbekistonda «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida» (1991-y. 15 fev.) qonuniga koʻra, oʻzining asosiy ish joyidan chetda daromad topgan jismoniy shaxs D. d. ni hisobot yilidan keyingi yilning 1 apr. dan kechiktirmay oʻzining istiqomat joyidagi soliq organiga takdim etishi shart. Tamom boʻlgan kalendar yilida faqat asosiy (xizmat, uqish) joyida mehnat vazifalarini bajarishdan daromad olgan jismoniy shaxslar shu yil uchun olingan daromadlari xaqida Daromad deklaratsiyasi takdim etmaydilar.

Muddatida takdim qilinmagan Daromad deklaratsiyasi uchun yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berilib daromadlar yashirilganda fukarolar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

Ensiklopediya.uz
DAROMAD DEKLARATSIYASI