DARLING haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DARLING haqida malumot bilib oling.

DARLING (yuqori oqimida — Baruon) — Avstraliyadagi daryo, Murrey daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 2740 km. Havzasining mayd. 650 ming km2 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 410 ming km2). Nyu-Inglend tizmasining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanib, quyi oqimida chala choʻldan oqadi. Darling serirmoqdaryo, unga Paru, Uorrego, Makkuori va b. irmoqlar quyiladi. Daryoning suv sat-hi baʼzan 6—8 m koʻtariladi. Oʻrtacha suv sarfi 42 mʻ/sek. Yoz oylarida quyi oqimi qurib qoladi va oʻzanida koʻllar vujudga keladi. Daryo toʻlib oqqanda Byork sh. dan quyi oqimigacha kemalar qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
DARLING