DANJUA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DANJUA haqida malumot bilib oling.

DANJUA (Denjoy) Arno (1884.5.1, Osh, Jer departamenta — 1974.27.1) — fransuz matematigi, Parij FA aʼzosi (1942), Parij un-ti prof. (1922). Sobiq Ittifoq FA xorijiy aʼzosi (1971). Asosiy ishlari haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasiga oid. Primitiv funksiya (q. Boshlangʻich funksiya) haqidagi klassik masalaning toʻla yechimini bergan. Oʻzi topgan yangi tushunchaintegral D. integrali deb ataladi. Kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyalariga, kvazianalitik funksiyalarga, topologiyaga oid asarlar muallifi.

Ensiklopediya.uz
DANJUA