Dangasalar

Dangasalar

Dangasalar

DO`STLARGA ULASHING:

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni podshoga, «qishloqning chekka joyida uchta dangasa ochlikdan o‘lay deb yotishsa ham, mehnat qilishni sira ham istamas ekanlar», degan xabarni yetkazishibdi.
Podsho odamlariga o‘sha uch dangasani olib kelishni buyuribdi, eng dangasasi qaysi biri ekanligini bilmoqchi bo‘libdi.
Uchala dangasani olib kelibdilar. Podsho ularga alohida xona va xizmatkorlar beribdi. Dangasalar kun bo‘yi yotarmishlar, iloji bo‘lsa qimirlamasmishlar ham. Ovqat keltirishsa, zo‘rg‘a, erinib, ko‘z yoshi qilib o‘rinlaridan turar ekanlar.
Podsho ularning yoniga tez-tez kirib turar ekan-u, lekin qaysi biri o‘ta dangasaligini ajrata olmas ekan. O‘ylay-o‘ylay, oxiri ular turgan xonaga o‘t qo‘yishni buyuribdi.
Podsho ularni yong‘in vahimasida tipirchilab qolishsa kerak, deb o‘ylabdi. Uyni o‘t ola boshlabdi. Shunda dangasalardan biri:
— Ishlar chatoq, uy yonyapti. Kelinglar, bu yerdan qochib chiqamiz, — debdi.
— Yugurishning o‘zi bo‘ladimi, — debdi ikkinchi dangasa.
— Tavba, qanday qilib gapiryapsizlar-a, — debdi uchinchisi.
Shunday qilib podsho ularning eng dangasasi qaysi biri ekanligini bilib olibdi. Uy esa yonaveribdi. Dangasalarning uchovi ham yonib ketibdi.

Dangasalar