DANGʻARA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DANGʻARA haqida malumot bilib oling.

DANGʻARAFargʻona viloyatidagi shaharcha (1979-y. dan). Dangʻara tumani markazi. Tumanning jan.-sharqida joylashgan. Dangʻara nomi «don gʻarami» soʻzidan degan rivoyat bor. D. Qoʻqon sh. dan shim. da, yaqin t. y. stansiyasi — Qoʻqon (8 km). Aholisi 8,8 ming kishi (2000). Konserva zdi, tikuvchilik f-kasi, avtokorxona, kasalxona, poliklinika, dorixona, madaniyat saroyi, umumiy taʼlim maktablari, litsey, kutubxona, taʼmirlash, qurilish tashkilotlari, savdo shoxobchalari mavjud. Dangʻaradan Toshkent — Qoʻqon—Oʻsh— Qashqar avtomobil yoʻli oʻtgan.

Ensiklopediya.uz
DANGʻARA