Damskiy kapriz
Masalliqlar(15-20ta uchun): -150gr margarin -4stakan un -1.5stakan qatiq -4ta tuxum sarig’i -1choy-q ichimlik sodasi+0.5choy-q uksus
Bize uchun: -4ta tuxum oqi -1stakan shakar -0.5stakan yong’oq -0.5stakan mayiz Tayyorlash: Uy haroratida erigan margarinni un bilan uqalaymiz. Uksusga aralashtirilgan sodali aralashmani qatiqqa solib aralashtiramiz. Tuxum sarig’i,qatiqni unga solib o’rtacha hamir qoramiz.(suyuq bo’lsa un solamiz, hamir qattiq bo’lsa qatiq solamiz). Hamirni 6 bo’lakka bo’lib, 0.5soatga sovutgichga qo’yamiz. Tuxumdan bize qilib,yani tuxumni oqini yaxshilab ko’pirtirib, so’ng shakarni oz-ozdan solib aralashtirib, so’ng maydalangan mayiz va yong’oqni solib aralashtiramiz. Hamirni juda yuqa qilib yoyamiz. So’ng bizeli aralashmamizni hamir yuzasiga yoyib surib chiqamiz. Hamirni rulet qilib o’rab, pichoqda 3-4sm qalinlikda kesib chiqamiz.
Patnisga gul shaklida terib chiqib, duxovkada 180Cda avval pasida 20daqiqa qizartirib,so’ng yuqori qismida 10daqiqa pishirib olamiz.
Alloh yaxshiliklarga sababchi qilsin!Damskiy kapriz
DO`STLARGA ULASHING:
Damskiy kapriz