DAMNO (lot. damnum — zarar) — 1) pulning nominal qiymati va joriy kurs boʻyicha hisoblangan qiymati oʻrtasidagi farq;
2) bank muassasalarining komissiyaga topshirilgan veksellarni inkassalash, yaʼni shu veksellar boʻyicha naqd pul olish bilan bogʻliq xarajatlari.