DAMINOV Turgʻunpoʻlat Obidovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DAMINOV Turgʻunpoʻlat Obidovich haqida malumot bilib oling.

DAMINOV Turgʻunpoʻlat Obidovich (1941.25.4, Toshkent) — pediatr-infeksionist olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1980), tibbiyot fanlari d-ri (1986), prof. (1987), ToshTIni tugatgan (1964). Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi assistenti, dotsenti (196982), mudiri (1982 — 84), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi pediatriya i. t. instituti direktori (1984 — 90), 1-ToshTI rektori (1990-y. dan). Daminov bolalarda uchraydigan gepatitning davomli va surunkali xillari shakllanishini klinik-patogenetik nuqtayi nazardan oʻrgandi. Bolalarda uchraydigan V virusli gepatitning davomli xilini samarali davolash usulini ishlab chikdi va amaliyotga tatbiq etdi. Koʻpincha chaqaloqlar oʻlimiga sabab boʻladigan nafas yoʻllari kasalliklari belgilarini anikladi. 1997-y. dan Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Oʻzbekiston «Adolat» sotsialdemokratik partiyasi (SDP) Siyosiy kengashining birinchi kotibi (1995-y. dan). «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-y. dan). Polsha tibbiyot fanlari akademiyasi akad. (1999). «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Ensiklopediya.uz
DAMINOV Turgʻunpoʻlat Obidovich