DALYONSOY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DALYONSOY haqida malumot bilib oling.

DALYONSOY (yuqori oqimida Sarimsoqlisoy) — Tojikiston Respublikasi Oʻratepa tumanidagi soy. Sirdaryoning chap havzasidagi Kattasoyning oʻng irmogʻi. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridan oqib tushadigan 10 ga yaqin irmoqlari bor. Uz. 26 km. Dalyonsoy mavsumiy qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 150 l/sek. Yoz va kuzda koʻpincha qurib qoladi.

Ensiklopediya.uz
DALYONSOY