DAHKAT haqida malumot bilib oling.
DAHKAT, Dukenttepa — oʻrta asr shahar xarobasi (6—16-a. lar). Ohangaron daryosi irmogʻi Dukentsoyning oʻng qirgʻogʻida, Angren sh. dan taxm. 8 km shim. dagi Dukent qishlogʻida joylashgan. Dahkat oltin va kumush konlariga boriladigan yoʻl yoqasidagi mustahkam qalʼa-shahar hisoblangan. Sharq manbalari (mas, «Hudud ul-olam», 10-a.)da yozilishicha, D. Shoshning obod shaharlaridan sanalgan, Dahkat xarobasini 1958-y. arxeolog V. D. Jukov tekshirib, kumush tangalar topgan. Yu. F. Buryakov arxeologik qazish va kuzatuv ishlari olib borgan (1959, 1960, 1966), D. ark (mayd. 0,5 ga) va shahriston (mayd. 7,5 ga) dan iborat boʻlgan. Arkning bal. 6 — 8 m. Ilk oʻrta asrga oid sargish, och kizil rang bilan boʻyalgan sopol (Mingoʻrik topilmalariga oʻxshash), shisha buyumlar, yorgʻuchoqlar, burama kumush bilaguzuklar (10 — 12-a. lar), kumush va mis tanga xazinalari (11 — 12; 13 — 16-a. lar) topilgan.
Ensiklopediya.uz
DAHKAT