CSSni o’yin o’ynab o’rgansa bo’ladimi? to’liq malumot oling

CSSni o’yin o’ynab o’rgansa bo’ladimi? to’liq malumot oling

🎮 CSSni o’yin o’ynab o’rgansa bo’ladimi?

Qiziqarli o’yin bilan bilimlar oson o’zlashtiriladi! Tasavur qiling miriqib o’yin o’ynaysiz va CSSni o’rganib olasiz. Internetda bu masalada sizga yordam beruvchi ba’zi saytlar mavjud.

— Grid Garden

(https://codepip.com/games/grid-garden/)CSS Grid’ni o’rganishga ko’maklashadi. Bog’ni tartibga soling va o’yinda g’olib bo’ling. Shu bilan birga CSS Grid bo’yicha bilimlaringizni mustahkamlab olasiz

— Grid Critters

(https://gridcritters.com/)O’yin sizga CSS Grid’ni o’zlashtirishga ko’maklashadi. Siz kosmik kemani boshqarasiz va Grideros sayyorasi aholisini Grid yordamida himoya qilasiz.

— Flexbox froggy

(https://flexboxfroggy.com/)CSS Flexbox’dan foydalanib qurbaqalarni o’z o’rniga qaytarishga yordam bering. O’yin 24 ta bosqichdan iborat bo’lib barchasi juda qiziqarli. Oxirgi bosqichdan siz ham o’ta olasizmi buni hoziroq tekshiring

— Flexbox Zombie

(https://geddski.teachable.com/p/flexbox-zombies)CSS Flexbox’ni epchillik bilan o’rganing. Buni zombilarga qarshi ishlating. O’yin 12 bosqichdan iborat. Buning uchun saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

— CSS Diner (https://flukeout.github.io/)

CSS ni ham o’zlashtirishga, ham sahifalashning tayanch qoidalarni eslashga yordam beradi. Mahsulotlarni joylashtiring va dasturxonni to’g’ri buyruqlar orqali bezating, o’yin esa ko’rsatmalar bilan yordam beradi. Oson tuyulishi mumkin, ammo bo’shashmang – bu yerda 32 ta bosqich, har biridan so’ng vazifalar murakkablashib boradi.

Davlatlar
CSSni o’yin o’ynab o’rgansa bo’ladimi?