«COVID» odamlarning fe`l-atvorini o`zgartirgan bo`lishi mumkin
Amerikalik tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, yoshlar ko`proq stressga moyil bo`lib, ishonchsiz bo`lib qolishgan, deya ma`lum qilmoqda Vaksinauz telegram kanali. Tadqiqotga ko`ra, COVID pandemiyasining ta`siri shunchalik chuqur bo`lganki, u odamlarning fe`l-atvorini o`zgartirgan.
Ilgari psixologlar zilzilalar yoki bo`ronlar kabi jamoaviy stressli holatlar va shaxsiyat o`zgarishi o`rtasidagi bog`liqlikni topa olishmagan edi. Biroq, yo`qotishlar yoki uzoq muddatli ijtimoiy izolyasiya odamlarga ta`sir qilganga o`xshaydi.
«Yoshlar injiqroq va stressga moyil, ishonchsiz, hamkorlik qilishdan qochadigan, mas`uliyatsiz bo`lib qolishdi», deydi Florida universiteti tibbiyot kolleji professori Anjelina Sutin boshchiligidagi tadqiqot mualliflari.
Sutin va uning hamkasblari «Amerikani tushunish» onlayn so`rovida qatnashgan 7109 nafar kishining fe`l-atvorini pandemiyadan oldin va pandemiya davomida o`tkazilgan so`rovlar asosida baholashgan. Ishtirokchilar beshta xususiyatni — nevrotizm, ekstraversiya, ochiqlik, xushmuomalalik va vijdonlilikni o`lchaydigan keng qo`llaniladigan shaxsiy testlarni to`ldirishgan.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
«COVID» odamlarning fe`l-atvorini o`zgartirgan bo`lishi mumkin