COVID-19dan himoyalanishda bolalarga ruxning qanday foydasi borligi ma`lum qilindi

COVID-19dan himoyalanishda bolalarga ruxning qanday foydasi borligi ma`lum qilindi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi tomonidan bugungi kunda juda dolzarb sanalgan rux kabi mikroelementning 12 ming upakovkasi mamlakatimizning bir qator hududlaridagi bolalarga etkaziladi. 24 dekabrda dastlabki partiyani Navoiy viloyati bolalari qabul qilib oldi. Bu haqda Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

image

Hududlarni qo`llab-quvvatlash va tibbiy bilim berish bo`yicha o`z dasturining navbatdagi bosqichini amalga oshirish uchun Milliy palata tomonidan yang hamkorlar bilan muzokara, aholini xabardor etish uchun yangi mavzular tahlili davom ettirildi. Bunda asosiy e`tibor o`sib kelayotgan avlodga qaratildi.   

Milliy palata rahbari Rovshan Izamov va Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovning o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuv mavzusidan nafaqat insonparvarlik tadbiri joy oldi. Shu bilan birga tibbiy turizm sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari, hudud sog`liqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatga chet el investisiyasi va innovasion tibbiy texnologiyalarni jalb etish masalalari ham muhokama etildi. Xususan, hududda Rossiya investisiyasi ko`magida zamonaviy flebologik xizmatini yo`lga qo`yish imkoniyatlari muhokama etildi. 

image

Tashrif doirasida Milliy palata va Navoiy viloyati hokimiyati o`rtasida tibbiyot sohasida qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha hamkorlik to`g`risida memorandum imzolandi. 

Tarkibida rux bor dori vositalarini topshirish  uchun mamlakatning 6-7 ta hududlari tanlab olingan. U erlarda xuddi Navoiy viloyatidagi kabi  viloyat rahbariyati vakillari bilan hamkorlikda tadbir amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning uchun chekka hududlarning aholi yashash punktlaridan maxsus guruhlar — boshlang`ich sinf o`quvchilari (1-4 sinf) tanlab olingan. Navoiy viloyati uchun mo`ljallangan 1,5 ming upakovkani 1,5 ming nafar bola oladi. Tadbir «Jurabek Laboratories» korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, shuningdek aholining keng qatlami, ayniqsa ota-onalar va bolalar orasida zarur tibbiy bilimlarni yoyishni maqsad qilgan.  

Bugun rux kabi mikroelement COVID-19ning engil shakli bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo`l kelayotgani uchun unga jiddiy e`tibor qaratilgan. Rux organizmning immun himoyasiga ko`maklashish va normal o`sishi uchun zarur. Bu ayniqsa bolalar uchun juda muhim. Organizmda ruxning taqchilligi bilan bog`liq holatlarda odatda suyaklarning o`sishi sekinlashishi kuzatiladi. Shuning uchun ayniqsa chekka hududlarda yashayotgan aholining tibbiy bilimini oshirishga qaratilgan tadbirlar bugun juda dolzarb sanaladi. 

Dori vositalarini tarqatish jarayoni Milliy palataning har bir viloyatda faoliyat yuritadigan hududiy bo`linmalari xodimlari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi. Ular ma`rifat ishlarini olib borish barobarda bolalar, ota-onalar va pedagoglarning bu boradagi savollariga ham javob beradi. 

O`zbekistonda bugungi kunda yosh avlodning har tomonlama rivojlanishiga qanchalik katta ahamiyat berilayotganligini inobatga olib, Milliy palata ushbu yo`nalishda ko`plab loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni davom ettiradi. 

 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
COVID-19dan himoyalanishda bolalarga ruxning qanday foydasi borligi ma`lum qilindi