COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanib bormoqda – ekspert

So`nggi ikki yil ichidagi tendensiyalarga tayanadigan bo`lsak, koronavirus gripp va boshqa o`tkir respirator virusli infeksiyalar kabi mavsumiy kasallikka aylanib bormoqda. Bu haqda Rospotrebnadzor Markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining klinik-tahliliy ishlar bo`yicha o`rinbosari Natalya Pshenichnaya aytib o`tdi.

«Bundan dalolat beruvchi alomatlar bor. Ikki yil davomida COVID-19 gripp va boshqa o`tkir respirator virusli infeksiyalar kabi mavsumiy kasallikka aylanib borayotganini ko`rsatuvchi tobora aniq tendensiya kuzatilmoqda», dedi Pshenichnaya.

Unga ko`ra, kuz-qish davrida COVID-19 kasalligiga chalinish xuddi O`RV va gripp bilan kasallanish holatlari kabi  maksimal darajada oshadi. Mutaxassisning qo`shimcha qilishicha, yozda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi kuz-qishga nisbatan past bo`ladi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya