COVID -19 «britancha» shtammi bilan kasallangan bolalarda kuzatilayotgan beshta alomat aniqlandi

COVID -19 «britancha» shtammi bilan kasallangan bolalarda kuzatilayotgan beshta alomat aniqlandi

Buyuk Britaniyada aniqlangan va yuqumliligi jihatidan kuchliroq ekani aytilgan COVID-19ning yangi shtammi bolalarda biroz boshqacha alomatlar bilan kechayotgani aniqlandi. Bu ZOE Symptom Tracker ilovasi yordamida olib borilgan tadqiqotlar tufayli ma`lum bo`ldi.

Sog`liqni saqlash bo`yicha mutaxassislarning fikriga ko`ra, kasal bolalarning aksariyati charchoqdan aziyat chekadi. Infeksiyani yuqtirgan chaqaloqlarda tez-tez yig`lash holatlari uchraydi.

Kasallangan bolalarning yarmidan ko`pi (53 foizi) bosh og`rig`idan shikoyat qildilar. Shu bilan birga, ularda qorin og`rig`i ham kuzatilmoqda. Shuning uchun, shifokorlar ota-onalarga qorin bo`shlig`idagi noqulaylik bilan bir vaqtda paydo bo`ladigan bosh og`rig`i bor-yo`qligini bolalaridan so`rab turishlarini maslahat berishmoqda.

Yana bir alomat — 37 darajadan yuqori isitma. U koronavirusning «britancha» shtammi bilan og`rigan bolalarning deyarli yarmida uchradi.

Shuningdek, ZOE Symptom Tracker ilovasi betob bolalarning 38 foizi tomoq og`rig`idan shikoyat qilishganini aniqladi, bu alomat odatda virusli infeksiyaning belgisi. Tomoqdagi og`riq shamollash, gripp yoki COVID-19ning belgisi bo`lishi mumkin.

Bundan tashqari, kasallanganlarning taxminan 35 foizi ishtahani yo`qotganlarini aytishgan. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, ko`pincha bir yoshga to`lmagan chaqaloqlar bunga duch kelishadi. Shuning uchun ular ota-onalarga taomni kichikroq qismlarga bo`lib, bolalarni kam porsiya bilan, ammo tez-tez ovqatlantirishni maslahat berishadi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
COVID -19 «britancha» shtammi bilan kasallangan bolalarda kuzatilayotgan beshta alomat aniqlandi