Cloud — bulut va bulutli hisoblash.

Cloud — bulut va bulutli hisoblash.

Cloud (bulut) — virtual IT resurslari to’plami. Aloqa kanallari, serverlar, disk maydoni, turli dasturlar, tarmoq uskunalari kiradi. Bulutli tizimning maqsadi bulutda joylashgan ma’lumotlarga kirishni masofaviy foydalanuvchilarga taqdim etishdir.

Bulut ommaviy yoki shaxsiy bo’lishi mumkin. Ikkala tur ham internetga ulangan holda mavjud. Ko’pincha bunday yechimlar turli kompaniyalar tomonidan ichki vazifalar uchun qo’llaniladi.

Bulutli texnologiyalarning asosiy maqsadi foydalanuvchining ehtiyojiga binoan minimal resurslar orqali tezkor holatda ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat.

Ushbu texnologiya taxminan 22 yoshda, u dunyoda 2000-yillarning boshidan beri rivojlanmoqda.

Ushbu ish shakli ko’p jihatdan an’anaviyga qaraganda samaraliroq. Yetakchi kompaniyalar allaqachon o’zlarining asosiy bo’lmagan ma’lumotlarini bulutga o’tkazishgan va ularning ishi yanada samaraliroq bo’lishni boshlagan.

Bulutning shubhasiz afzalliklari ko’p:

Masalan dasturiy ta’minot ishlab chiqishingiz va uni foydalanuvchilarga yetkazishingiz kerak. Buning uchun siz server yi’gishingiz va dasturingizni doimiy ishlab turishi uchun kerakli hisob kitob kuchi bilan ta’minlashingiz kerak. Bu yetarlicha mablag’ va mutahasislarni jalb qiladi. Bulut va bulutli hisoblash xizmatlaridan foydalanganingizda siz aynan shu resurslarni tejash orqali mahsulotni mijozlarga yetkazib berish vaqtini qisqartirasiz.

Doimiy qo’llab quvvatlash bu bulutli xizmatlarni taklif qilayotgan kompaniyalarning burchi. Sizning mahsulotingiz bulutli xizmatda 100% bir maromda ishlashidan havotirda bo’lmaysiz. Buni ular o’z zimmasiga olishadi.

0 dan hisob kitob kuchini (serverlarni) yig’ishdan ko’ra bulutli xizmat ancha arzonga tushadi.

Istalgan hajmdagi va hususiyatdagi hisob kitob kuchini olish imkoni bor.

Yangi avlod texnologiyalarini barchasi bulutli xizmatga qarab ketishmoqda. Bu degani har qanday raqamli mahsulotni uzluksiz foydalanuvchilariga taqdim etib turish imkonini ham beradi.

Bugungi kunda eng katta bulutli xizmatni taqdim etayotgan kompaniyalar: Google , Yandex, Amazon , Dropbox va Apple lardir.

Bulutli xizmatlar bozorida shubhasiz yetakchi kompaniya bu AWS (Amazon Web Services). Ular yuzlab turdagi xizmatlarni butun dunyo bo’ylab taklif qilishadi.

Umumiy Dasturlash
Cloud — bulut va bulutli hisoblash.