CHUKOVSKIY Korney Ivanovich

CHUKOVSKIY Korney Ivanovich

CHUKOVSKIY Korney Ivanovich (taxallusi; asl ismsharifi Korneychukov Nikolay Vasilyevich) [1882.19(31).3, Peterburg — 1969.28.10, Kunsevo, Moskva viloyati] — rus yozuvchisi, bolalar shoiri, tarjimon va adabiyotshunos. Ijodining asosiy qismini bolalarga bagʻishlangan asarlar tashkil etadi. Chukovskiyning «Vanya va Timsoh», «Tozalabyuv» («Moydodir»), «Suvarakboy» (1923), «Pashshaserxarxasha» (1924), «Barmaley» (1925), «Voyjonimning sarguzashtlari» (1929) va b. sheʼriy ertaklari mashhur. Mazkur asarlar asosida koʻplab ertakspektakllar, multfilmlar yaratilgan. Chukovskiy uzoq yillar davomida yoqimtoy bolalar tilini kuzatib, «Ikkidan beshgacha» kitobini yezdi (1928—70). U tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi asarlari bilan ham tanilgan. 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashagan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Ensiklopediya.uz
CHUKOVSKIY Korney Ivanovich