CHUFUT QALʼA

CHUFUT QALʼA

CHUFUT QALʼA — Qrimdagi oʻrta asr shahar xarobasi (asosan, 5—6-a. lar). Yeokchasaroy yaqinida joylashgan. Mudofaa devorlari, darvozalar, turar joy va xoʻjalik inshootlari (yer ustidagi va gʻorlardagi), masjid, maqbara (1437), qaraim kenaslari (ibodatxonalari) xarobalari topilgan. Shaharning sharqiy qismida, 15-a. devori ortida zarbxona, koʻplab turar joylar joylashgan. Boqchasaroyning yuksalishi bilan (asosan, 16-a. boshida) tanazzulga uchragan va 19-a. oʻrtalariga kelib tashlandiq holga kelgan.

Ensiklopediya.uz
CHUFUT QALʼA