Choy bilan bog‘liq 9 taqiq to’liq malumot oling

Choy bilan bog‘liq 9 taqiq to’liq malumot oling

Choy ichish– o‘ziga xos san’at turi sanaladi. Ammo quyida choy bilan bog‘liq ta’qiqlarga to‘xtalishni joiz bildik.
Mundarija скрыть

choy bilan bogliq 9 taqiq 1

1-taqiq. Och qoringa choy ichish.

Qadimdan Xitoyda shunday naql yuradi “bo‘sh yurakka choy ichma”. Och qoringa ichilgan choy taloq va me’dani sovutadi.

2-taqiq. Qaynoq choy.

Juda issiq ichilgan choy tomoq, qizilo‘ngach va me’daga salbiy ta’sir qiladi.  Bu kabi holat odatiy tusga kiradigan bo‘lsa, aynan tananing ushbu organlarida turli kasalliklar yuzaga keladi. Chet ellik mutaxassislarning ta’kidlashlaricha issiqligi 62 darajadan yuqori bo‘lgan choy iste’mol qilish me’da bilan bog‘liq bir qancha xastaliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Choy harorati 56 darajada oshmasligi maqsadga muvofiq sanaladi.

3-taqiq. Juda achchiq choy.

Bu kabi choy tarkibida uchraydigan ko‘p miqdordagi kofein va tanin moddasi bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka sabab bo‘ladi.

4-ta’qiq. Ancha oldin damlangan choy.

Bu kabi choyda polifenol va efir moyi o‘z-o‘zidan oksidlana boshlaydi, shunda u nafaqat choyning shaffofligiga balki, uning ta’mi, sifati va iforiga ta’sir etadi. Uning to‘yimlilik darajasi sezilarli darajada pasayib, oksidlanish natijasida choy yaproqlaridagi S va R vitaminlari, aminokislotalar va boshqa foydali moddalarni yo‘qotilishiga olib keladi. Bundan tashqari ko‘p turib qolgan choyda mikroorganizm (bakteriya va zamburug‘lar)lar ko‘paya boshlaydi.

5-ta’qiq. Ko‘p bora damlangan choy.

Odatda 3-4 bor damlash natijasida choyning rangi chiqmay qoladi. tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, birinchi bor damlangan choy barglarida taxminan 50 foiz, ikkinchi martasida 30 foiz , uchinchisida 10 foiz, to‘rtinchisida esa 1-3 foiz foydali moddalar saqlanadi.

6-ta’qiq. Ovqatdan oldin choy ichish.

Ovqatdan oldin choy ichish, ko‘p miqdorda so‘lakning ajralishiga sabab bo‘ladi, natijada ovqat bemaza tuyuladi. Bundan tashqari hazm qilish organlarida proteinning so‘rilishi vaqtinchalik kechikadi. Shunday ekan, ovqatlanishdan 20-30 daqiqa oldin choy ichish tavsiya etiladi.

7-ta’qiq. Ovqatlanib bo‘lgach zudlik bilan choy ichish.

Istalgan suyuqlikni ovqatlanib bo‘lgach darhol istemol qilish me’da shirasi ishlab chiqarish su’ratini keskin ravishda pasaytiradi. Me’dada ovqat hazm bo‘lmasligining asosiy sababi ham ana shunda! Ovqatlanishdan 20-30 daqiqa o‘tgachgina choy ichishingiz mumkin.

8-ta’qiq. Dorini choy bilan ichish.

Choy tarkibidagi tanin moddasi dorining organizmga so‘rilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab xitoyliklar “Choy dori samaradorligini zaiflashiradi”deyishadi.

Yana o‘qing:  Bolalar uchun shirinlik

9-taqiq. Kun davomida turib qolgan choy.

Kun davomida turib qolgan choy nafaqat vitaminlarni yo‘qotadi balki, bakteriyalar uchun ozuqa maskaniga aylanadi. Ammo uni organizmning tashqi yuzasi bilan bog‘liq muammolarda qo‘llash mumkin.

Kun davomida turib qolgan choy ftorga boy. U kapillyardan qon ketishida to‘sqinlik qiladi. Shu bilan bir qatorda u og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanishida, tildagi jarohatlarda, ekzemada, milklarning qonashida samarali ta’sir ko‘rsatib, tishlarni mustahkamlaydi.

Xurshida HUSENOVA

soglom.uz/tavsiya/choy-bilan-bogliq-9-taqiq/

Foydali Maslahatlar
Choy bilan bog‘liq 9 taqiq