Chorvachilik asoslari kitob
– maktab va litsey o`quvchilari;
– universitet talabalari;
– ingliz tilini o`rganishni xohlovchilar uchun;
Chorvachilik sohasidagi islohotlar
Prezidentimizning 2019 yil 28 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi chorvachilik sohasida yangicha tizim yo‘lga qo‘yilishiga asos bo‘ldi.
Mazkur qaror natijasida mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan edi.
Qo‘mita tomonidan bugungi kunda chorvachilikda naslchilik ishlarini yaxshilash ikki muhim yo‘l bilan amalga oshirilmoqda.
Birinchi yo‘l – aholi qaramog‘idagi sigir va tanalarni sun’iy urug‘lantirish orqali ularning mahsuldorligi va zotdorligini yaxshilash bo‘lsa, ikkinchi yo‘l – chetdan naslli qoramollar keltirish hisobiga yuqori mahsuldor podalarni ko‘paytirish.
Shu bois, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Sun’iy urug‘lantirish bilan shug‘ullanuvchi osemenatorlar, d’yuar idishlari, mikroskop, texnik sumkalar va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlandi.
Bugungi kunda naslli buqalarning chuqur muzlatilgan sifatli urug‘i Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tarkibidagi “O‘znaslchilik” davlat korxonasi tomonidan ishlab chiqarilib, suyultirilgan azot bilan birgalikda joylarga yetkazib berilmoqda.
Korxonada chorvachiligi rivojlangan chet davlatlardan keltirilgan yuqori mahsuldor buqalarning Qizil va Qora ola Golshtin, Simmental, Shvits, Angler, Aberdin-angus, Sharole va boshqa zotlardan naslchilik-seleksiya ishlarida keng foydalanilmoqda va ichki ehtiyojni urug‘ bilan ta’minlash to‘liq kafolatlangan.
Sun’iy urug‘lantirishning afzalligi shundaki, bu usul orqali mahalliy mollardan olingan buzoqlar tez yetiluvchan bo‘lib, tana vaznining tez o‘sishi bilan ajralib turadi. Iqlim sharoitiga adaptatsiya qilish talab etilmaydi, shuningdek kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Mahalliy qoramollarni sun’iy urug‘lantirish natijasida I-avlodda 25 foiz, II-avlodda 50 foiz, III-avlodda 75 foizga zotdorligi yaxshilanadi va mahsuldorlik ortadi.
Ta’kidlash kerak, o‘tgan 2020 yilda respublika bo‘yicha 2 mln. boshdan ortiq sigirlar sun’iy urug‘lantirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2 mln. 400 ming boshga yetkaziladi. Olib borilgan ishlar natijasida mamlakatimizdagi mavjud qoramollar naslini yaxshilanish darajasi 2020 yilda 41 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 54 foizni tashkil etmoqda, bu ishlar kelgusida bosqichma-bosqich davom ettirib boriladi.
Epizootik barqarorlik – dolzarb vazifa
Respublikada epizootiyaga qarshi profilaktik tadbirlarni o‘tkazish uchun bu yil jami 1200 ta ishchi guruh tashkil etilib, unga 4799 ta mutaxassis va xodimlar biriktirildi. Ishchi guruh ishini muvofiqlashtirib borish bo‘yicha respublika, viloyat va tuman shtablari tashkil etildi.
Profilaktik tadbirlar bo‘yicha kalendar reja asosidagi tizim yaratilib, bugungi kunga qadar yirik shoxli mollarning 8,9 mln boshi va mayda shoxli mollarning 13,0 mln boshi, shuningdek, 297,7 ming bosh boshqa tur hayvonlar kuydirgiga, yirik shoxli mollarning 5,9 mln boshi nodulyar dermatitga, 2,6 mln boshi oqsilga, 2,8 mln bosh qorasonga, 849,4 ming boshi leptospirozga, mayda shoxli mollarning 2,9 mln boshi oqsilga, 15,4 mln boshi brutsellyozga, 3,1 mln boshi chechakka, 965 ming boshi bradzotga, 59,0 ming boshi leptospirozga, 125 ming bosh quyonlarning gemorragik isitmasiga, 11,4 ming bosh tuyalar o‘latiga hamda 8,4 mln bosh parrandalar Nyukasl kasalligiga va ro‘yxatga olingan 2,5 mln bosh it va mushuklar quturish kasalligiga qarshi profilaktik emlandi.
Shu bilan birga, 3,2 mln bosh yirik va 1,1 mln bosh mayda shoxli mollar brutsellyozga va yirik shoxli mollarning 1,7 mln boshi tuberkulyozga diagnostik tekshirildi hamda 13,7 mln bosh yirik va 19,5 mln bosh mayda shoxli mollar ektoparazitlarga qarshi profilaktik ishlov berildi. Chorva mollari saqlanadigan 672,1 mingta binoda dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari o‘tkazildi.
Manfaatdor vazirliklar bilan hamkorlikda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlari hududida mavjud biologik chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijasiga ko‘ra, ularning joylashuvi bo‘yicha koordinatlari belgilandi.
Mahsulot yetishtirgan chorvadorlar birinchi marta subsidiya oldi
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12-iyuldagi “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bo‘yicha chorvachilik tarmoqlaridagi tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratish tizimi joriy etilgan edi.
Mazkur qarorga muvofiq joriy yilning 1 iyunidan parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1000 so‘m, chorvachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, go‘sht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m, baliqchilik xo‘jaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 3000 so‘m qolgan turdagi baliqlar uchun 1000 so‘m miqdorida subsidiya ajratilishi belgilangan.
“O‘zbekchorvanasl” agentligi tomonidan joriy yil sentabr oyi yakunigacha 51 ta tadbirkorlik sub’yektiga 3 099,1 mln. so‘m subsidiya mablag‘i ajratilishi ta’minlandi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 ta sub’yektga 49,6 mln. so‘m, Andijon viloyatida 5 ta sub’yektga 874 mln. so‘m, Buxoro viloyatida 4 ta sub’yektga 1 045,5 mln. so‘m, Samarqand viloyatida 17 ta sub’yektga 711,2 mln. so‘m, Sirdaryo viloyatida 11 ta sub’yektga 199,5 mln. so‘m va Xorazm viloyatida 3 ta sub’yektga 219,7 mln. so‘m subsidiya ajratildi.
Ta’kidlash kerak, mamlakatimiz tarixida birinchi marta mahsulot yetishtirgan chorvachilik sub’yektlariga subsidiya berish tizimi joriy etildi. Bu esa bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik mahsulotlari taqchilligining oldini olish va narxini stabillashtirishda eng to‘g‘ri yondashuvdir.
Chorva mollarining ichak mahsulotlari Yevropa davlatlariga eksport qilinadi
Qo‘mita mutaxassislari va Yevropa Ittifoqi komissiyasi Sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi bosh direktorati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muntazam muloqot davomida mazkur kelishuvga erishildi.
Dastlab Ittifoq komissiyasi tomonidan chorva hayvonlari ichak mahsulotlari eksporti uchun taqdim etilgan so‘rovnomalar tegishli tartibda to‘ldirilib baholash uchun yuborildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi mas’ul vakillari tomonidan O‘zbekiston davlat veterinariya xizmati auditi o‘tkazildi. Yevroittifoqning 2021 yil 29 sentyabrida ushbu audit natijalari e’lon qilindi. Va mamlakatimiz Ittifoqning 27 ta a’zo davlatlariga ichak mahsulotlari eksporti uchun avtorizatsiyadan o‘tganligi ma’lum qilindi.
Qoramol terisi xomashyosi eksportiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
Qo‘mita mutaxassislarining Ukraina respublikasi Davlat veterinariya xizmati mutasaddilari bilan olib borgan muloqotlari natijasida yurtimizdan Ukrainaga qoramol terisidan olinadigan xomashyolar eksporti uchun qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq bekor qilinib eksportga ruxsat etildi.
Joriy yilning may oyida Ukraina davlat veterinariya xizmati ekspertlari tomonidan mamlakatimizda veterinariya auditi va inspeksion o‘rganishlari tashkil etilgandi. Birinchi bosqichda Sirdaryo tumanidagi “Peng Sheng Charm” qo‘shma korxonasi hamda Qibraydagi “Shosh Charm Plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati Ukrainaga eksport qiluvchilar reyestriga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘zimizda yetishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlarini dunyo bozoriga olib chiqish borasida konseptual “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.
Chorvachilik asoslari kitob
International Agriculture University (IAU) sizlarni universitetgacha bo’lgan tayyorlov (Pre-foundation) kurslariga taklif etadi.
✨ Pre-foundation kurslari sizga quyidagi to’liq kafolatlangan imkoniyatlarni taqdim etadi:
– IAU universitetiga grant asosida o’qishga kirish;
– chet ellik professorlardan ingliz tilini o’rganish;
– universitet hayotiga moslashish va resurslaridan foydalanish;
❓Bu kurs kimlar uchun?
– maktab va litsey o`quvchilari;
– universitet talabalari;
– ingliz tilini o`rganishni xohlovchilar uchun;
Pre-foundation kursida 5 – dekabrdan o`qish boshlanadi. Shoshiling!
Batafsil ma’lumot uchun:
+99899 981 09 19
Ijtimoiy tarmoqlarda bizga a’zo bo`ling!
Internship of IAU students on a livestock farm!
In this video, Boburshokh Akhmadaliev, a student at IAU, talks about his practice on a livestock farm. There are livestock, milking parlors, machinery and modern barns.
+99899 981 09 19
+99895 780 00 28
Follow us on social media:
Qirg’izistonda tadbirkorlar uchrashuvi! Datka Holding
Videoda Qirg’izistonga O’zbekiston tadbirkorlarini Qirg’iziston tadbirkorlari bilan uchrashuv uyushtirilishi jarayonlari ko’rsatilgan.
Video 17-18 noyabr kunlarida sur’atga olingan. #datkaxolding #melek
1.3K views Oybek Odilov , 10:33
15 kishi yig’ilib ochilgan tadbirkorlik. Chorva ferma va sut qayta ishlash!
Bu videoda Qashqadaryo viloyatida joylashgan DODIQ MCHJ chorva fermasi va sut qayta ishlash zavodi tasvirga olingan. Ko’rsatuv qahramonimiz bu sohaga qanday kirgani haqidagi ma’lumotlar bilan bo’lishgan!
Malaka oshirish Tarmoq markazi:
Sayti:
cb-center.uz…
2.0K views Oybek Odilov , 06:01
Forwarded from Uzb_Meteo
Аномал совуқлик даврида чорвачилик ҳамда асаларичилик секторида амалга оширилиши керак бўлган тавсиялар.
Экологик партия Марказий Кенгаш раиси А.Ҳамзаев ўзининг фейсбукдаги саҳифасида Қоркўлчилик ва чўл экологияси илмий тадқиқот институти олимлари ҳамда СамДВМЧвБУ зооинженерия факультети профессор ўқитувчилари ҳамкорлигида ишлаб чиқилган тавсияларни бўлишган:
➖ совуқ кунлари чорвани тўла қийматли озуқалар билан озиқлантириш. Сув бериш зарурати бўлганда илиқ сув ичириш. Озуқаларни ўраган холда сақлаш (чунки музлаши мумкин);
➖ қишлоқ хўжалик ҳайвонлар ва паррандалар сақланадиган хоналарни тирқишлари, дераза ва кириш жойларига икки қават полиэтилен плёнка, кигиз (намат) қоплаш;
➖ ҳайвонлар тагига қўшимча тўшама (сомон, похол, ёғоч қириндиси, қовачоқ) ташлаш;
➖ отларнинг устига ёпинғич ёпиш;
➖ очиқ жойлар, чўл ўртасида жойлашган қўй қўтонларини атрофини ўраш ёки иссиқ қўтонларга вақтинча кўчириш;
➖ замонавий йирик шохли чорва фермаларида зарарли газларни кўпайтирмаслик, намликни қочириш мақсадида вентиляцияни вақти-вақтида билан ишлатиш. Имкон бўлса, қуруқ иссиқ ҳаво билан таъминлашни амалга ошириш;
➖ чорвачилик корхоналарида туну-кун мутахассислар навбатчилигини ташкил қилиш.
Асаларичилик бўйича:
➖ асалари оилаларини ер устида пасейкаларда совуқ қишдан сақлаб қолиш учун уядаги бўш рамкаларни олиб ташлаш ва махсус кўрпача ва ёстиқчалар билан беркитиш;
➖ уя тирқишларини қисқартириш ва уяларни ўралган жойда сақлаш;
➖ асалариларга қўшимча озуқаларни бериб бориш.
Қўйчилик бўйича:
➖совуқ ер совлиқларнинг қўзи ташлашига ёки нимжон (кейинчалик яшовчанлиги паст бўлган) қўзилар туғилишига сабаб бўлади. кучли совуқда совлиқлар қўзи ташлаши ёки нимжон қўзи туғилишига сабаб бўлиши, шу учун вақти-вақти билан совлиқларга моцион бериш (қўзғатиб, яйратиб туриш);
➖бўғоз совлиқларни тўйимли озиқалар билан озиқлантириш, имкон қадар илиқ сув билан суғориш, қировли кунлари яйловга чиқармаслик ва музли ерларда ётиб қолишининг олдини олиш, озуқа қолдиқларидан кашар (қўтон)ларга тўшама сифатида фойдаланиш;
➖қўйлар сурувларини қишлов нуқталаридан узоқлаштирмаслик, ўта совуқ кунларида эса қишки кашар (қўтон)ларда сақлаш;
➖зарур ҳолларда уларга 1,2-1,3 кг қуруқ озуқалар (75% дағал ва 25 % омухта озуқа) аралашмаси ҳисобидан қўшимча озиқлантириш;
➖сутканинг совуқ пайтларида уларни шамол кам эсадиган яйловларда боқиш, бундай кунларда қўйларни қишлов биноларидан кечроқ олиб чиқиш, бинодан чиқаришдан камида 20-30 дақиқа олдин уларни жойидан қўзғатиш;
➖ташқарига чиққанда қўйларни шамол йўналишига қарши томонга ҳайдаш (бу уларнинг жунини танасига ёпишиб туришини ва тана ҳароратининг сақлашини таъминлайди);
➖қиш даврида яйловда шўр озуқаларнинг камлиги ҳисобига қўйларнинг тузга бўлган талаби 2-3 марта ортади, шунинг учун охурларга қўйлар ялаши учун 1 бош қўй ҳисобига ўртача 5 граммдан туз қўйиш;
➖қишлов нуқталарида чўпон-чўлиқлар учун иссиқ кийим-бош, озиқ-овқат, ичимлик суви ва ёқилғи заҳирасини яратиб қўйиш;
➖қишлов нуқталарида чўпон-чўлиқлар тунги ёритиш воситалари, биринчи тиббий ёрдам қутичаси, имкон қадар алоқа воситалари билан таъминланган бўлиши лозим.
Юқоридаги тавсияларга амал қилинса албатта чорваларимизни “қорасовуқ”дан безиён ўтказиб оламиз.
Chorvachilik asoslari kitob
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Qiziqarli malumotlar
Chorvachilik asoslari kitob