Chizish-bola uchun juda muhim! to’liq malumot oling

Chizish-bola uchun juda muhim! to’liq malumot oling

Chizish-bola uchun juda muhim!

Pediatrlarning fikricha, sog’lom bola deb yaxshi o’ynaydigan, yaxshi gapiradigan va…yaxshi chizadigan bolaga aytilar ekan. Xuddi til va o’yin kabi rasm bolaning ichki dunyosini ochib beruvchi vosita ekan. Shuning uchun, bola o’z ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifoda eta olishi uchun unga chizish imkoniyatini yaratib berish lozim.

Rasm orqali bola o’z xursandchiligi va xafagarchiligini, qo’rquvlari va fantaziyalarini, atrof-muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. Psixologlar fikricha, chizmaydigan bola bo’lmaydi, agar bola chizishni istamasa, demak unda ma’lum bir psixologik stress mavjud.

Bolaning nima chizayotgani uning yoshiga bog’liq ekan.

Quyida bolaning yoshiga nisbatan chizish harakatlarining o’rtacha ko’rsatkichlari keltirilgan. Albatta, bundan u yoki bu tomonga chekinish mumkin.

12-18 oy — har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va ma’nosiz zigzaglar;

2 yosh — vertikal chiziqlar;

2.5 yosh — gorizontal chiziqlar, spiral;

3 yosh — doira, quyosh;

3.5 yosh — birinchi odamcha, krestik;

4 yosh — kvadrat, bola unga tanish bo’lgan narsalarni chizishga harakat qiladi;

5 yosh — geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;

6 yosh — harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog’cha.

Mutaxassislar chizish davrini 5 asosiy bosqizchga ajratadilar:

2 yoshgacha — aji-buji xat. Bu bosqich bola qalamni ushlay olish davridan boshlanadi (1 yosh atrofida). Bolaning ko’zi chizayotganini kuzatadi, qo’llari qog’ozga yopishgan holatda bo’ladi. Keyinchalik qo’li bo’shashib erkinroq harakat qila boshlaydi.

2 yoshdan 3 yoshgacha — o’ylab topish. Bola o’zi bilmagan holda bir nimalar chizib, atrof-muhitdagi buyumlar bilan solishtiradi va o’z rasmlariga nom beradi.

3 yoshdan 4 yoshgacha — yangi harakatlar. Bola bilgan buyumini haqiqatan o’ylab to’qimasdan tasvirlay olishni boshlaydi.

4 yoshdan 10 yoshgacha — xayoliy chizish. Bola buyumni ko’rganidek emas, u haqda bilganidek chizadi. Ya’ni uy chizsa, ko’rib turgan uy binosinigina emas, balki uyni ichidagi odamlar va buyumlari bilan tasvirlaydi.

10 yoshdan keyin — haqiqat. Bu bosqichda bolaning chizishi kattalarning chizishiga tenglashadi. Unda u buyum va odamlarni rang va shakllarni haqiqatdagidek tasvirlashga, ranglarni ma’lum bir qoida asosida ishlatishni boshlaydi.

Bolada chizish qobiliyati kuchlimi, bolamdan buyuk rassom chiqadimi? Afsuski, bolani rasmlariga qarab uning chizish qobiliyatiga baho berib bo’lmaydi, chunki, birinchidan, bolaning chizishiga kattalarning qarashlari katta ta’sir ko’rsatadi, demakki u o’z qarashlarini ifoda etmaydi; ikkinchidan, bolaning rasmlarini psixologiya nuqtai nazaridangina baholash mumkin; uchinchidan, bola chizayotganda qandaydir ajoyib narsa yaratish istagida bo’lmaydi, u shunchaki o’zini ichki tuyg’ularini ifoda etadi xolos. Lekin hayotda bu qoidadan mustasno holatlar uchraydi va farzandimiz kichik Picasso bo’lishi mumkin, ammo bu juda ham kam uchraydigan holat.

Boshqa mavzular
Chizish-bola uchun juda muhim!