CHIROYLI QOMAT SIRLARI to’liq malumot oling
Har bir ayol ko‘rkam qaddi qomatga, go‘zal xusnga ega bo‘lishni istaydi. Ayniqsa, hozirgi ayollarning asosiy muammosi ortiqcha vazn bo‘lib, qomatni saqlash maqsadida turli parhezlaru mashqlarni bajarishga erinishmaydi. Lekin ba’zan tinka quriganda, sehrli tayoqcha bo‘lsa-yu, bir zumda 5-10 kiloga ozdirib qo‘ysa deb, orzu qilib ham qo‘yamiz. Bunday sehrli tayoqcha bo‘lmasa-da, bir necha oson usullar shunday mo‘’jiza ko‘rsatishi mumkin.
Dunyo mutaxassislari ozish yo‘llari va vaziyatlarni o‘rganib chiqib, ularning eng oson 12 ta usulini tanlab olishgan:
Ko‘proq uxlang Lancet ilmiy jurnalida yozilishicha, uyqusizlik semirishga sabab bo‘lar ekan. Uyquga to‘ymaslik gormonal me’yorning buzilishiga olib keladi. Ayniqsa, ishtahani bosuvchi va jismoniy faollikni oshiruvchi leptin degan gormon miqdori kamayib ketadi. Darvoqe, leptin so‘zi yunon tilidan “ozish” ma’nosini anglatadi. Uning o‘rnini ko‘proq ovqat talab etuvchi gormon egallab boradi.
Tabassum qiling
Ishonasizmi, 10 daqiqa miriqib kulganimizda, 50 kaloriyani yo‘qotar ekanmiz. Bu degani bir bo‘lak shokoladga teng quvvatni chiqarib yuboramiz. Bir yilda kulgi bilan 2 kilogacha vazndan qutilish mumkin.
Kulgini engil yugurish bilan tenglashtirish mumkin. Mutaxassislarning tushuntirishicha, kulganda yurak qisqarishi ikki barobarga oshib, organizmga kislorod ko‘proq kirar ekan. Shuningdek, qorin mushaklari va o‘pka faoliyati oshadi. 10 daqiqalik kulgi 3 daqiqalik bajarilgan jismoniy mashqlarga to‘g‘ri keladi.
Iforlardan nafas oling
Aromatli shamlar olib, piyolaga bir necha tomchi efir moyidan tomizing va uning isidan nafas oling va mo‘’jizani poylang.
Odatda ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga qora murch hamda yangi yanchilgan imbir yaxshi yordam beradi. Tsitrus (limon, mandarin, apelьsin va h. k. ) ifori organizmdagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Binafsha va zanjabil (vanilь) isi ishtahani yo‘qotadi.
Zanjabil ovqat xazmini me’yorlashtiradi. Yalpiz, limono‘t, sandal daraxti moyi kishini bo‘shashtirib, xavotirlarni tarqatadi. Ayniqsa, parhez tutgan ayollardagi asabiylikni (istagan egulikni eya olmagan ayollar ko‘pincha asabiylashishadi) bosib, ko‘ngilni tinchlantiradi. Shuningdek, lavanda, bergamot (tsitruslilarga mansub daraxt), pixta (oqqarag‘ay) efir moylari depressiya holatidan chiqishga ko‘maklashadi.
Aramatli (efir) moylarni atir sifatida qo‘llash yoki vannalarga qo‘shish, kiyim javoniga qo‘yib, kiyimlar isini yaxshilash ham mumkin.
Kiyimlaringizni yangilang
Agar yangi kiyimlar qanchalik qimmat bo‘lsa, ozishga bo‘lgan ishtiyoq shunchalik katta bo‘ladi. Negaki ko‘rkam kiyimni tezroq kiyish istagi har bir ayolga xos. Bundan tashqari, qimmat narsani keyinga, ozgunga qadar javonda turishiga ko‘z qiymaydi. Shu sababli ayollar tezroq ozishga harakat qilishadi va odatda buning uddasidan chiqishadi ham.
Sevib qoling
Fiziologlar sevgini murakkab biologik kimyoviy jarayon deb bilishadi. Bu ma’lum ma’noda gormonal portlash bo‘lib, odamning ishtahasiga ta’sir etib, kishi tomog‘idan egulik o‘tmay qolarkan. Bundan tashqari, gormonlarning bu tarzda ishlashi ovqatning tez xazm bo‘lishiga yordam beradi. Qarabsizki, ortiqcha vazndan asar ham qolmaydi. . .
Manba: Shifo-info.uz
Foydali Maslahatlar
CHIROYLI QOMAT SIRLARI