Chiroyli kod yozish
Salom. Bugun yozmoqchi bo’lganim nafaqat endi dasturlashni o’rganayotganlar uchun balki dasturlashni yaxshi bilib turib to’g’ri va chiroyli kod yozishni bilmaydiganlarga bag’ishlamoqchiman. Oldin kurs o’tganimda endi o’rganishni boshlagan o’quvchilar kodlarni shunaqangi yozishardiki uni kompilyator zo’rg’a tushinardi.
Oldin o’zim ham kodlarni shunaqa yozardim mana vaqti kelib (mani fikrimcha) kodni chiroyli yoza olaman deb o’ylayman. Lekin hali ham o’zim qilgan proyektlarimda bironta ham komentariya yozmayman. Bu mani kamchiligim deb o’yliman. Balki jamoaviy ishlasam man ham komentariyalar yozarman. Endi keling asosiy kichkina muammolarga o’tsak.
HTML dasrslarida bollar kodlarni quyidagicha yozishardi.
Birinchi dars .....
Bu kodni ko’rib ochig’i o’zim ham qo’rqib ketaman. Ayniqsa TABLE ishlatilgan bo’lsa xatoni topishdan qiyin narsa bo’lmasa kerak. Ha yana ayrim yosh dasturchilardan «Agar dastur kodi kichkina hajmni egallasa dastur tez ishlaydi» degan gaplarni ham eshitganman.
Bu gap bir tarafdan to’g’ri, HTML, CSS, JS larda hajm katta ahamiyatga ega. Lekin C/C++, C#, Delphi, PHP umuman kompilyatsiya qilinadigan dasturlarda kod hajmini ahamiyati faqat kompilyatsiya jarayonini vaqtini cho’zadi (bu ham sezilmaydigan darajada). Dasturning qanchalik tez ishlashi dastur kodninig hajmi bilan emas undagi logika bilan aniqlash lozim. Agar
while(true) {...}
deb yozgan bo’lsangiz albatta bu dastur qotib qoladi.
Keling endi o’zimni fikrlashimdan kelib chiqib chiroyli kod yozish haqida gapirsam.
Hurmatli dasturchilar klaviaturadagi TAB va ENTER tugmasini bosish tekin va hech qanday chegara qo’yilmagan 🙂
HTML tilida yozadiganlar uchun
Birinchi dars
...
asdsad
asdasd