Chiqisha olmaslik, buzuqchilik
Janjalga, fitna va ichiqoralikka moyillik — betayin odamlarning ishi. Faqat bir tomon aybdor bo‘lganda edi, janjal bunchalik uzoq cho‘zilmasdi. Ma’lumki, barcha janjallarning o‘ziga xos xususiyati ikkala tomonning zaifligidir. Janjallashayotgan ikki kignining aqllirog‘i — ko‘proq aybdor. Janjalga ikki kishi kerak: hech qachon o‘shalarning biri bo‘lmang. Kim bilandir janjallashayotganda shuni nazarda tutish kerakki, janjal oxiri borib do‘stlikka aylansin. Kishilar ko‘pincha tasavvurdagi xafagarchiliklari uchunoq tanishlaridan ranjib, g‘azablanib, ularga sovuq munosabat qilib yuradilar. Hayotda bo‘lib turadigan har xil janjallar paytida kishi o‘zini yaxshi tutishi xarakterning ustunligini ko‘rsatadi. Mard kishiga qarganda qo‘rqoq odam ko‘proq janjal chiqaradi. Men hammavaqt gazabimni bosishga va janjalda yon berishga harakat qilaman, natijada janjalni tinchlatishga erishaman, keyin esa osoyishta holatda hammasi joy-joyiga tushib ketadi. Deyarli hamisha janjal boshidayoq to‘xtatilmaganiga afsuslanishga to‘g‘ri keladi. ziyouz.uzChiqisha olmaslik, buzuqchilik
DO`STLARGA ULASHING:
PINDAR
F. LAROShFUKO
F. VOLTER
I. GYoTE
J. LEBBOK
DIODOR
J. LEBBOK
G. TEODOR
T. JEFFERSON
L. N. TOLSTOY
buzuqchilik, Chiqisha olmaslik