CHINOR
CHINOR (Platanus) — chinordoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi oʻsimliklar turkumi; 10 turi maʼlum. Shim. Amerika (Kanadadan Meksikagacha), Jan. Sharqiy Yevropa va Oʻrta dengizboʻyi mamlakatlaridan Hindixitoygacha boʻlgan hududda tarqalgan. Kavkaz, Qrim, Oʻrta Osiyoda sharq chinori (P.orientalis), Jan. Ukraina, Qora dengiz sohillari, shuningdek, Oʻrta Osiyoda Shim. Amerikadan keltirilgan gʻarb chinori (P.occudentalis) turlari oʻstiriladi. Sharq Chinori yovvoyi holda oʻsadi. Shoxshabbasi qalin, boʻyi baland (50 m gacha), tanasi baquvvat (aylanasi 18 m gacha), silindrsimon, poʻstlogʻi sargʻishoq. Oʻzbekistonda manzarali Chinorning har ikki turi oʻsadi. Novdalari va barglari yoshligida tukli, keyinchalik tuklari toʻkilib ketadi. Barglari yirik, asosan, 3 (baʼzan
Ensiklopediya.uz
CHINOR