China Education: Xech qanday imtihonlarsiz, Xitoyda bepul ta’lim olish imkoniyatingiz borligini bilasizmi
“Tilni quruqligi” va shilliq pardani quruqlashishi so‘lakni yetarli miqdorda chiqmayotgani (chanqoq) tufayli vujudga keladi va ancha kasalliklarni, jumladan ich qotishi, peritonit, tana haroratini ko‘tarilishi, diabetlarni alomati hisoblanadi. Ko‘p hollarda til quruqligi jigar rang qarash paydo bo‘lishi bilan kechadi. Agar shilliq parda ko‘p nam yo‘qotsa unda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek quruq til ta’m bilishni yo‘qotishini chaqiradi;
Kasalliklarga tilga qarab tashxis qo‘yishni bilasizmi?
Sharqda keng qo‘llaniladigan tilga qarab kasallikka tashxis qo‘yish – kasalni ko‘rish va umumiy tashxis qo‘yishdan asosiy bosqichlaridan biridir. Tashxis qo‘yishni bu turi organizmda kechayotgan jarayonlarni turli kasalliklarni yuzaga kelayotgani va rivojlanish bosqichlarini bilib olish imkoniyatini beradi.
Til – bizning sihat – salomatlingizni ko‘rsatgichi. Bu haqda Sharqda doimo juda yaxshi bilishgan va o‘sha zaminda tashxisni o‘zgacha va ancha samarali turi — kasallikni tilga qarab tashxis qo‘yish paydo bo‘lgan. Sharq tabobatida til yurak bilan bog‘langan deb sanaladi. Bu yerda nafaqat tilni yurak bilan jismonan bog‘liqligi nazarda tutiladi, balki bizni so‘zlarimiz, nutqimiz ham yurakdagi muammolardan darak beradi. Ammo bizni organizm bu yagona – yahlit bo‘lib, yurakni holati boshqa organlarga ham ta’sirini o‘tkazadi. Vaholanki tanamizning turli organlarini holati tilimizni tegishli qismlarida o‘z aksini namoyon etadi. Shunga muvofiq, tilimizni o‘sha uchastkalaridagi o‘zgarishlar, jumladan rang o‘zgarishi yoki ortiqcha sezgirlik paydo bo‘lishi bizga tegishli organlarda energiyani disbalansi va buzilishdan xabar beradi.
Qadimiy Xitoy tabobatiga asosan, til – tanamizni yuqori qismiga tegishli bo‘lib o‘pka va yurakni holatlarini aks ettiradi, tilni yon tomonlari jigarimiz va o‘t pufagi sog‘lig‘i haqida “gapiradi”, tilni beli esa oshqozon va taloqni holatini bildirsa, tilni tomiri buyraklarimizni ahvolidan darak beradi.
Ko‘p hollarda kasallikni birlamchi alomatlari aynan til holatida ko‘rinadi (rang o‘zgargani, qarash, qizarishlar va hokazo) shuning uchun kasallikka tilga qarab tashxis qo‘yish paytida birinchi navbatda tilni kattaligi, formasi va rangiga e’tibor beriladi. Sharq tabobatiga ko‘ra shamol energiyasi disbalansida til qizil rangda, quruq va dag‘al, chekkalarida mayda chuqurliklar mavjud bo‘ladi. Shillik (beken) energiyasi buzulishida, til usti tekis va nursiz, bir oz shishgan, nam va yopishqoq, oq – kulrang qarashga ega.
Safro (tripa) energiyasi disbalansida ham til ko‘rinishi o‘zgaradi, ya’ni unda oq – sariq qarash paydo bo‘ladi, og‘iz bo‘shlig‘ida achiqqimtir ta’m paydo bo‘ladi.
Kasallikga tilga qarab tashxis qo‘yish
Kasallikka tilga qarab tashxis quyish uchun eng yaxshi vaqt bu ertalab och qoringa maqul sanaladi. Dastlab tildagi barcha organlar aks etgan uchastkalar aniqlanadi va ulardagi har qanday o‘zgarishlar qayd etiladi. Bu o‘zgarishlar tegishli organlar yoki organizm tizimilarini eng avvalo qonni holati haqida xabar beradi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Tarqoq skleroz
Shifokor o‘z e’tiborini til rangiga, uni turli qismlaridagi qarash turiga, yuzaki qismi, formasiga (tekis, g‘ovakli zichligi va hokazo) unda paydo bo‘lgan pufaklar, papilloma, yaralarga va ularni joylashishiga tilni harakat etish darajasiga qaratadi.
Sog‘lom odamni tili qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Uni tili binafsha rang va silliq yuzli, oq tusli katta bo‘lmagan qarashli, til ustidagi bo‘rtmalar yaxshi ko‘rinadi va oqibatda til duhobasimon tus berib turadi.
Tilni ichki organlar bilan bog‘liqligi
- Til ildizi – bu ichaklar;
- Til uchidan chap tomon – chap o‘pka, o‘ng tomon – o‘ng o‘pka;
- Til markazi — yurak;
- Til ildizidan chap tomon – chap buyrak, o‘ng tomon – o‘ng buyrak;
- O‘ng tomondan, o‘pka va buyrak proyeksiyalari o‘rtasida jigar proyeksiyasi.
Til rangi
- Bo‘zargan rang til – qonda energiya kamligi alomati bo‘lib, anemiya va organizm holdan toyganidan darak beradi;
- Tilni past qismi bo‘zargan rangda – jigar va o‘t pufagi kasalligi alomati;
- Qizil (malina) rangli til – og‘ir infeksiyali kasallik, yuqori temperatura, zaharlanish, pnevmoniya;
- To‘q qizil rangli til – og‘ir buyrak buzulishida zaharlanish, semirib yog‘ bosish, surunkali alkogolizm;
- Ko‘k tusli til – yurak qon tomir kasalliklari qon aylanish buzilishi, yurak – o‘pka yetishmovchiligi bilan birga;
- Tilni pastki qisimda sarg‘ish rang – sariq kasallik rivojlanishi.
Til ustidagi qarashlar
Til ustidagi qarash oshqozonda, yupqa va yug‘on ichakda to‘plangan toksinlardan dalolat beradi. Agar tilni faqat orqa qismi qarash bo‘lsa – toksinlar yo‘g‘on ichakda, agar qarash faqat tilni o‘rtasida ko‘rinsa – toksinlar oshqozonda, ingichka va o‘n ikki barmokli ichakda mavjudligi alomatidir.
- Kirindi yo‘q, til yaltiraydi – oshqozon energiyasi kuchsiz, ichki sekretsiya faoliyatida muammo bor.
- Qarash ko‘pligidan sal shishgan va namli til. Bu quydagilar alomati bo‘lishi mumkin: oshqozon yoki o‘n barmoq ichak yarasi, gastrit, xoletsistit, appenditsit, yahshi ishlamayotgan buyrak, ozuqadan yoki dori vositasidan zaharlanish, infeksion kasalliklar (qizamiq).
- Yupqa qarash – kasallikni boshlanishi yoki yuzaki lokalizatsiya. Qalin qarash – surunkali kasallik.
- Oq, nam, yupqa qarash – oshqozon energiyasi joyida.
- Oq rang – oshqozon kislotasi pastligi, disbakterioz.
- Sarg‘igi qarash – o‘t pufagida safro ko‘pligi, jigar kasalligi.
- Yog‘li, loyqa qarash – hazm bo‘lmagan ozuqa.
- Siyoh rang, dog‘li qarash – qon harakati susayishi.
- Qora qarash – ovqat hazm tizimidagi, ayniqsa oshqozon osti bezi va o‘t pufagidagi jiddiy buzulishi. Bundan tashqari, organizmni ko‘p suv yo‘qotish oqibatida qonni kislota – ishqor balansi (kislotalikni ko‘payishi) buzilganda ham qora qarash paydo bo‘ladi.
- Butun til bo‘yicha iflos oq – qul rang qarash – surunkali ich kotish, organizmni mikrob va parazitlar bilan zaharlanishi.
- Och kul rangli qarash – difteriya.
- Agar vaqt o‘tish davomida qarash qalinlashib, sarg‘ish rangga, undan so‘ng kul rang va qoramtir tus olsa – demak kasallik kuchaymoqda. Agar qarash rangi yorqinlashib yupqalashsa kasallik qaytayotgan bo‘ladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bitliqilik yoxud pedikulyoz balosidan qanday qutilish mumkin?
Tildagi dog‘lar
- Oq va qizil ranglar almashlanib turishi – qizilcha kasalligidan dalolat;
- Ko‘kimtir dog‘lar – yurak qon – tomir tizimidagi harakatsizlik holatlari;
- Qoramtir dog‘lar – buyrakni og‘ir hastaligi.
Shuningdek tilga qarab kasalga tashxis qo‘yishida quydagilarga ham e’tibor berish kerak.
Til chekkalarida tishlar izi
Tilni oldi va yon qismlarida tishlarni chuqur izlari stresslar, nevrozlar va toliqishlardan darak beradi. Ayniqsa, markaziy asab tizmini jiddiy kasalliklarida tish izlari yanada aniq qo‘rinadi. Bundan tashqari til chekkasidagi tish izlari disbakterioz, organizmda shlaklarni ko‘pligidan va ozuqani qoniqarli hazm bo‘lmayotganidan darak beradi;
Quruq til
“Tilni quruqligi” va shilliq pardani quruqlashishi so‘lakni yetarli miqdorda chiqmayotgani (chanqoq) tufayli vujudga keladi va ancha kasalliklarni, jumladan ich qotishi, peritonit, tana haroratini ko‘tarilishi, diabetlarni alomati hisoblanadi. Ko‘p hollarda til quruqligi jigar rang qarash paydo bo‘lishi bilan kechadi. Agar shilliq parda ko‘p nam yo‘qotsa unda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek quruq til ta’m bilishni yo‘qotishini chaqiradi;
Laklangan va shahmatli til
Laklangan til usti silliq, yaltiraydi, och – qizil rangli (ta’m biluvchi so‘rg‘ichlarlar atrofiyasi tufayli) bu quydagi kasalliklar alomati: surunkali kolit, pellagra, oshqozon saratoni. “Shaxmatli” tillaklangan tilni bir turi “B” vitamini va nikotin kislotasi kamchiligi oqibatida paydo bo‘ladi;
Tilni sosochkalarini qizarishi va kattalashishi
So‘rg‘ichlarlarni tilini uchiga yaqin bo‘lgan o‘ng yarmida qizarishi va kattalashishi jigar kasalligi alomati, chap yarmidagisi esa taloqni kasalligi til uchida esa – tos organlari kasalliklari, tilni o‘rtasi va qirg‘oqlardagisi esa o‘pka kasalliklari alomatidir;
Til liniyasini qiyshashi
Til liniyasini qiyshashi – umurtqani qiyshashishidan darak beradi. Til ildiziga yaqin qatlamni qiyshayishi – umurtqani bel qismida qiyshayishidan, til markazida qiyshayish – ko‘krak qafasida qiyshayishdan, til uchidagi liniya qiyshayish – buyin qismdagi qiyshayishdan (buyin osteoxondrozi) dalolat beradi;
Ushbu maqolani ham o‘qing: Gingivit – asorati jiddiy dard
Til og‘rishi
Tilni bir tomonga qiyshayishi va og‘ishi – bosh miya tomirlari buzilishi (insult), va ruhiy kasalliklardan dalolat beradi;
Tilni titrashi
Tilni titrashi – bosh miya kasalligi, chukur nevrotik buzilishlar alomatidir;
Tildagi yaralar
Tildagi yaralar. Til ustidagi yaralar ovqat hazm qilish tizimidagi kasalliklardan dalolat beradi (Kron kasalligi).
Biz kasalliklarga tilga qarab tashhis qo‘yishda qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy alomatlarni sanab o‘tdik. Ushbu tashxis qo‘yish usullari vrachdan mohirlik talab qiladi. Vrach tildagi o‘zgarishlarni nafaqat seza olishi, balki to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun olingan ma’lumotlarni birlashtirib, keyingi tashxis usullari bilan tasdiqlay olishi kerak.
© Javlon Abdullayev, jarroh.
Med-info
Gripp va yuqori nafas yo’llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.
Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.
Har bir paket tarkibi:
Faol moddalar: parasetamol — 500 mg, fenilefrin gidroxlorid — 10 mg, oksalamin sitrat — 100 mg, xlorfeniramin maleat — 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig’i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — ://apteka/product/gripkhot
Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
China Education: Xech qanday imtihonlarsiz, Xitoyda bepul ta’lim olish imkoniyatingiz borligini bilasizmi?
“Xitoyda oliy ma’lumot olish nafaqat foydali, balki nufuzlidir!”. Bu bayonot bilan bahslashish qiyin, chunki o‘tgan o‘n yillikda nafaqat Xitoy iqtisodiyoti, balki ta’lim tizimi ham dunyo yetakchilari qatoridan joy oldi. Dunyoning nufuzli 500 ta universitetlari qatoriga kirgan ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyati esa, China Education kompaniyasida mavjud!
Xo‘sh, Xitoyda chet tilini bilmasdan turib, IELTS yoki HSK sertifikatlarsiz va yana hech qanday kirish imtihonlarisiz qanday qilib bepul ta’lim olsa bo‘ladi?, – degan savol tug‘iladi kishida. China Education kompaniyasi taklif qilayotgan bir yillik Xitoy tili kursi orqali buning iloji bor!
Lekin, sizda IELTS yoki HSK sertifikati bo‘lsa-chi? To‘g‘ridan to‘g‘ri bakalavr darajasiga ega bo‘lish imkoniyati, ya’ni 4 yillik Ingliz yoki Xitoy tilida xohlagan yo‘nalishda o‘qish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz!
China Education taklif qilayotgan dasturlarda:
Stipendiya olish imkoniyati ham mavjud!
Shoshiling! Biz bilan bog‘lanib hujjatlar va talablar haqida ma’lumotga ega bo‘ling!
Hujjatlar 25-aprelgacha qabul qilinadi, o‘qish esa shu yili sentabrdan boshlanadi!
Murojaat uchun telefon: +998 (99) 860-71-73, +998 (90) 930-61-73.
Reklama huquqi asosida!
Xitoy: To’liq grant, bepul turar-joy va oylik stipendiya!
Xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, xorijiy tajribangizni orttirish istagidamisiz? Chet elda ta’lim olishni maqsad qildingiz-u, biroq birinchi qadamni nimadan boshlash kerakligiga ikkilanyapsizmi? YesChina ta’lim markazi sizga bu borada yordam beradi.
Hozirda yoshlarning puxta bilim olib, Vatanimizga yetuk mutaxassis bo‘lib qaytib kelishlari uchun katta imkoniyatlar mavjud. Mana shunday imkoniyatlardan biri – jahonning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan Xitoyda bor. Endilikda Xitoyda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olishni istagan abituriyentlar uchun YesChina’dan ajoyib imkoniyat – to‘liq grant dasturi taqdim etiladi. O‘qish xitoy yoki ingliz tilida olib boriladi.
Dastur o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- Kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi;
- Talabalar bepul turar-joy bilan ta’minlanadi;
- 80-120 AQSH dollari (bakalavriyat bosqichi uchun), 80-150 AQSH dollari (magistratura bosqichi uchun) miqdoridagi oylik stipendiya ajratiladi.
Shuningdek, markaz 3+1 dasturini ham taqdim etadi. Bunda darslar xitoy tilida olib boriladi. Xitoy tilini bilmaysizmi? Muammo emas. Ushbu dastur bir yillik til kursini ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni, siz xitoy tilini yetarli darajada bilmasangiz, dastlabki bir yil davomida maxsus kurs orqali xitoy tilini puxta o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz.
Bir yillik til kursini tamomlagandan so‘ng siz 3 yillik bakalavr bosqichi (1+3)da tahsilni davom ettirasiz.
Shoshiling! Hujjatlar qabul qilish 2018-yilning 30-avgustiga qadar davom etadi. Imkoniyatni boy bermang!
Batafsil ma’lumot olish uchun:
+99890 919 22 00
Xitoy tili qanday til
1. Tilning ijtimoiy mohiyati.
2. Til shakllanishi va rivojining ijtimoiy shartlanganligi.
3. Kishilarning tarixiy birliklari, shakli va til.
4. Adabiy til va adabiy me`yor shakllanishining ijtimoiy shartlanganligi.
5. Jamiyat talabiga ko‘ra til sathlarining notekis rivojlanishi.
6. Tilning vazifaviy uslublari.
7. Til tizimi va til qurilishining ijtimoiy shartlanganligi.
8. Sotsiolingvistik nazariyaning shakllanishi va uning ob`ekti.
9. Sotsiolingvistik tipologiyaning mezonlari.
10. Tillarning sotsiolingvistik tasnifi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar : strukturalizm, til, jamiyat, tilning ijtimoiyligi, tilda o‘zgarish, nutqiy faoliyat darajalari, uruғ, qabila, qabila ittifoqi, xalq, dialekt, til me`yori, nazariy yo‘nalishlar, vazifaviy uslublar, til tizimi va qurilishi, tilning ijtimoiy tabaqalanishi, sotsiolingvistika, tipologiya mezonlari, tipologik tasnif.
XX asrning 30-yillarida maydonga kelgan strukturalizm tilni asosan bir tomonlama o‘rganishni, tilning tuzilishi va uni tashkil etuvchi birliklar orasidagi munosabatlarni o‘rganishni tilga oid boshqa masalalardan ustun qilib qo‘ydi. Natijada til birliklariga xos bo‘lgan shakl va ma`no birligini rad etib, faqat shaklni o‘rganishga zo‘r berildi. Ko‘p o‘tmay bu oqim inqirozga uchrab, qo‘yilgan maqsadlarni uzil-kesil hal qila olmadi. Tilning yashashi va rivojlanishi bu tilda gaplashuvchi jamiyat bilan uzviy bo ғ liq ekani ravshan bo‘lib qoldi. Natijada tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan bo‘lmish til va jamiyat masalasini yana kun tartibiga qo‘ydi.
Til jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy aloqadadir. CHunki jamiyatda ro‘y bergan har bir o‘zgarish shu jamiyatning tilida o‘zining ma`lum izini qoldiradi. SHuning uchun ham jamiyat tarixining muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy hujjatlar, yozma yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik materiallar yordamga kelishi mumkin. Til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo‘ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri, uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bo ғ liq.
Tilning ijtimoiyligi jamiyatda bajaradigan vazifasi, roli va bizning qanday ehtiyojimizni bajarishi bilan belgilanadi. V. Gumbol’dt va Gegel’ asarlarida til kishilarning jamiyatdagi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilishi haqida fikr bildirilgan.
Til va jamiyat muammosini turli xil dunyoqarash asosida yoritish e. Sepir, B. Uorf, G. O. Vinokur, B. A. Larin, N. YA. Marr, E. D. Polivanov, L. V. SHcherba, L. P. YAkubinskiy asarlarida ham uchraydi. Ularning ko‘pchiligida tilning asosiy vazifasi aloqa quroli ekanligi alohida ta`kidlanadi.
1. Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi, uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishdadir. SHuning uchun ham tilshunoslik tarixida tilni o‘rganishda uning tarixiy taraqqiyotiga turlicha munosabatda bo‘ldilar. Tilning ijtimoiy shartlanganligi asosida uning ijtimoiy vazifa bajarishi aniqlanadi.
Til jamiyatda nutqiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat esa kishilarning bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat quyidagi darajalar bilan belgilanadi:
1.Motivatsion daraja. So‘zlovchi va tinglovchining bir-birini bir xil anglash darajasi.
2.Semantik daraja. Nutqiy faoliyatda ma`nosi mos va tushunarli so‘zlarni tanlash darajasi.
3.Grammatik daraja. Nutqda fikrni ifodalashga mos va xos grammatik shakllarni tanlash darajasi.
4.Fonetik daraja. Nutqiy faoliyatda tovushlarni artikulyatsion to‘ ғ ri talaffuz qilish darajasi.
Sanab o‘tilgan darajalar asosida nutqiy faoliyatning ijtimoiy tabiati ta`minlanadi.
2. Til uru ғ va qabila, elat va millat tarixi bilan chambarchas bo ғ liq bo‘lganligi uchun unda kishilik jamiyatining tarixi bevosita o‘z aksini topadi. Har bir tilning paydo bo‘lishi va hozirgi holatiga etgunga qadar uru ғ , qabila, qabila ittifoqlari va xalq tillari darajasiga ko‘tarilib, ulardan aloqa vositasi va kurash quroli sifatida foydalanib kelganlar. Jamiyatning o‘sha taraqqiyot davrlariga qarab, bu tillar ajdodlarimizning talablarini qondirgan va jamiyat taraqqiyoti hamda sharoit talablariga ko‘ra o‘z ichki taraqqiyot qonunlari asosida asta-sekinlik bilan taraqqiy etib kelgan. Nihoyat, bizning hozirgi aloqa vositamiz darajasiga ko‘tarilgan.
Ijtimoiy jamoa tuzumi davrida uru ғ va qabilalar ning a`zolari uchun tushunarli va umumiy tillari bo‘lgan. Har bir qabilaning ayrim, o‘ziga xos dialekti bo‘ladi. Qabila aslida dialekt demakdir. Qadimgi davrlarda ajdodlarimiz qabila-qabila bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular boshqa kabilalardan farq qiluvchi o‘z tillariga ham ega bo‘lganlar.
Hozirgi vaqtda har bir tilda bir qancha dialekt va shevalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga xos xarakterli xususiyatlarini saqlab kelmoqda. Bu shevalarning saqlanib kelishi feodal tarqoqligi davri bilan bo ғ langan bo‘lsa ham, ularning paydo bo‘lishi davri va saqlanib kelishining asli sababini juda qadim zamondan, ibtidoiy jamoa tuzumi va undan ham oldin boshlangan deb izohlash kerak.
Dialekt va shevalar qadimgi ajdodlarimizning o‘zaro so‘zlashadigan, aloqa bo ғ laydigan birdan-bir yagona va maxsus tillari bo‘lib xizmat qilgan. Ularning har biri o‘z davriga qarab o‘zgarib, rivojlanib kelgan.
Turkiy tillarning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilashda Mahmud Kosh ғ ariyning «Devonu lu ғ otit turk» asaridagi quyidagi so‘zlari muhim ahamiyat kasb etadi: «Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha uru ғ lari bor, men bulardan asosini yozdim, shahobchalarini tashladim» Jamiyatning shundan so‘nggi taraqqiyot bosqichida qabilalar birlashish jarayonini o‘z boshidan kechira boshladilar. Ana shu ko‘p sonli turkiy qabila va qabila ittifoqlaridan o‘zbek, qozoq, qir ғ iz, qoraqalpoq xalqlari va ularning tillari paydo bo‘lgan va rivojlanib hozirgi holatiga etib kelgan. Feodal tarqoqligi emirilishi va uning o‘rniga kapitalistik tuzumning paydo bo‘lishi hamda taraqqiyoti bilan xalq o‘rtasida jonli aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi talab qilinadi. Xuddi mana shunday sharoitda hamma uchun tushunarli bo‘lgan yagona bir til zaruriyati tu ғ iladi. Bunday til o‘tgan davrlarda mavjud bo‘lgan umumxalq tili bazasida vujudga kelishi juda murakkab va uzoq vaqt o‘tishi bilan bo‘ladi. Bu til o‘zining xarakterli xususiyatlari jihatidan milliy til bo‘lib millatning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi va uning uchun aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi. Kishilarning tarixiy birliklari shakli qanday bo‘lishidan qat`iy nazar ularning adabiy tili va me`yori mavjud bo‘lgan. Bu o‘rinda taniqli tilshunos B. S. SHvartskopfning quyidagi fikrini keltirish o‘rinlidir: «Me`yor masalasi va adabiy tilni me`yorlashtirish bilan bo ғ liq bo‘lgan muammolarni bayon qilish umuman til me`yori, xususan, adabiy til me`yorining mohiyati haqidagi nazariy qarashlar rivojlanishining sharhisiz bu muammoni to‘liq yoritib bo‘lmaydi.
Gap shundaki, lingvistik adabiyotda me`yor tushunchasining mohiyatiga, bu til hodisasining har xil aspektlariga turlicha yondashilgan va juda ko‘p ta`riflar berilgan.
Ana shu har xilliklarda nazariy izlanishlarning bir necha yo‘nalishlarini ko‘rish mumkin».
Til me`yorini o‘rganish bo‘yicha mavjud ishlarni kuzatish bu muammolarni o‘rganish borasida to‘rt asosiy markaz mavjudgini ko‘rsatdi:
1. Praga tilshunoslik maktabi namoyandalari til me`yorini, adabiy tilning asosiy vazifalarini adabiy til me`yori kodifikatsiyasining amaliy masalalari bilan birga uzviy holda tahlil qildilar. Til me`yori va adabiy tilni me`yorlash ishida B. Gavranek, V. Matezius, A. Edlichka, V. Barnet, E.Vaxek kabilarning xizmatlari diqqatga molikdir.
2. E.Koseriuning ilmiy nazariyalari. e.Koseriu me`yorni ijtimoiy nuqtai nazardan ob`ektiv, tartibga solingan va tanlangan hodisa deb tushunsa, kodifikatsiyani – sub`ektiv, faqat til nuqtai nazaridan to‘ ғ ri bo‘lgan hodisa, kategoriyalar deb tushunadi. Uningcha, til sistemasi va strukturasi tilning hamma hodisalarini o‘z ichiga qamrab ololmaydi. Har bir til ifoda tomonidan ham, ma`no tomonidan ham o‘zining variantdorlik xususiyatlariga ega. e. Koseriu tildagi variantdorlik tushunchasi sistemaning xususiyatidan emas, balki me`yorning o‘z mohiyatidan kelib chiqqan hodisa ekanligini isbotlaydi va nutqda mavjud bo‘lgan turli xil chekinishlarni ham me`yor belgilaydi, deb hisoblaydi.
3. Amerika, ingliz va nemis tilshunoslarining ilmiy qarashlari. Ular me`yorning tabiati, xususiyatlarini lingvistik va sotsiolingvistik ishlarida yoritdilar. Me`yorni umumjamoa tomonidan qo‘llaniladigan va til jamiyat tomonidan to‘ ғ ri deb qabul qilingan til shakllari deb tushundilar.
4. XX asr rus tilshunosligidagi ilmiy-nazariy qarashlarni quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:
1) Me`yorni tilning sistem-struktur imkoniyatlarining o‘rganilishi bilan bo ғ liq holda tahlil qilish.
2) Me`yorni adabiy til ijtimoiy vazifasining kengayishi va uning funktsional rang-barangligining o‘sishi bilan bo ғ liq holda o‘rganish
3) Me`yorni adabiy tilning ba`zi sotsiologik jihatlari bilan bo ғ liq holda kuzatish.
4) Me`yorni nutq madaniyati masalalari bilan bo ғ liq holda o‘rganish.
5) Me`yorni tilning psixologik va kommunikativ jihatlari bilan bo ғ lagan holda tahlil qilish.
Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Har bir xalqning tili turli xil rivojlanish bosqichini o‘tadi. SHuning natijasida til lu ғ at tarkibi, semantikasi, morfologiyasi, sintaksisida turli o‘zgarishlar yuz beradi.
Til sistemasining barcha sathlari ham jamiyat tarixi bilan bir xil bo ғ langan emas. Jamiyat hayotidagi turli xil yangiliklar shu jamiyat tilining lu ғ at tarkibida o‘z ifodasini topganligi tufayli til sistemasining leksik sathi boshqa sath birliklariga nisbatan ko‘proq jamiyat tarixi bilan bo ғ liq bo‘ladi.
Tilning leksik sathida jamiyatning turmush tarzi, hayotidagi o‘zgarishlar o‘z ifodasini topganligi tufayli so‘zni tahlil qilish asosida shu til egasi bo‘lgan jamiyat hayotiga bo ғ liq bo‘lgan tarixiy ma`lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida tub so‘z deb qaraluvchi ora, o‘git, o‘yin, o‘ ғ il, adash, o‘sha so‘zlarining; ola ip kesildi, dumini likkilatmoq frazeologizmlarining etimologiyasiga e`tibor beraylik.
Til va jamiyat muammosi doirasida ko‘zdan kechirish lozim bo‘lgan masalalardan yana biri har bir tilning vazifaviy uslublaridir.
Vazifaviy uslublarning rivojlanishi tarixiy va zaruriy hodisa bo‘lib, bu rivojlanayotgan hamda shakllanayotgan milliy birlikning ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotning yanada o‘sishi, jamiyatda tilga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu jarayonda har bir tilda uslublarning quyidagi guruhlari shakllandi:
1. Adabiy-badiiy uslub. Buning o‘zi she`riy uslub va nasriy uslub deb ikkiga bo‘linadi.
2. Ijtimoiy-publitsistik uslub. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy ishlar, pamfletlar, maqolalar va ocherklar uslubi kiradi.
3. Ilmiy bayon uslubi. Buning tarkibi nutq vositalarining turli ko‘rinishidan iborat (tibbiyot, huquq, falsafa va boshqalar). Ilmiy, ilmiy-ommabop asar, maqola, risolalarning uslubi ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
4. Kasb-hunar, texnika uslubi. Bu ishlab chiqarish, texnika adabiyotlari uslubidir. Bu uslub ishlab chiqarish, texnika, harbiy va boshqa turli xil kasblar sohasida ish quruvchilar uchun xizmat qiladi.
5. Qonunlashtiruvchi hujjatlar, buyruqlar, topshiriqlar uslubidan iborat rasmiy hujjatlar uslubi.
6. Har xil yozishmalar, kundaliklar va xatlarga xos bo‘lgan maktubiy uslub.
Jamiyatning madaniy saviyasi har bir kishining tildagi uslubiy jihatlarni egallab olishini, ya`ni uslublardan vaziyatga qarab foydalanishini taqozo etadi.
Til va jamiyat muammosini yanada chuqurroq va aniqroq anglash uchun ularning til tizimi, til qurilishiga munosabatini to‘ ғ ri anglash muhimdir.
Har bir adabiy tilda so‘zlaydigan yoki yozadigan kishi sharoit taqozasiga ko‘ra tilda mavjud so‘zlar, grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap tuzilishining ma`lum qismidangina foydalanadi. Mana shu ma`noda tilning zahiraviy imkoniyatlari hattoki jamoa nutqi doirasida ham hech qachon to‘li ғ icha ishga solinmaydi.
Tilning imkoniyatlari uning reallashgan, amalda qo‘llanuvchi holatidan doimo ortiq va keng bo‘ladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning umumiy vositalari tizimini tashkil etadi.
Til tizimini: a) tilda amalda mavjud, qo‘llanayotgan, b) tilda o‘tmishda qo‘llangan, v) tilda kelajakda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar majmui, murakkab yi ғ indisi deb tushunish kerak.
Til tuzilishi muayyan davrda qo‘llanayotgan real tizimlardir. Til tuzilishi tildagi ko‘pqirrali unsurlarning bir butunlik doirasidagi birligidir. Til tuzilishida til tizimidagi imkoniyatlar amalga oshadi. Til tuzilishi har qanday tilning asosi bo‘lib, u nutqda turli darajada yuzaga chiqadi, namoyon bo‘ladi. Bunga sabab kishilar tildan turli konkret sharoit va holatlarda foydalanadi. Har bir tilning tuzilishi bu tildagi mavjud fonema, morfema, sintaktik qurilmalar yi ғ indisi va ushbu vositalarning o‘zaro munosabatidan iboratdir.
Til qurilishining o‘ziga xos shakllanishi jarayonida tilning ijtimoiy tabaqalanishi vujudga keladi. Ijtimoiy tabaqalanish natijasida mavjud tilning jamiyat uchun xizmati bir necha yo‘nalishda bo‘ladi.
1. Hududiy tabaqalanish. Umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam bo‘lgan hududiy, sotsial va professional jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan kishilar foydalanadigan ko‘rinishi dialekt deb yuritiladi. Har bir dialekt o‘z til sistemasi va strukturasiga ega.
2. Nutq jarayoni kimga qaratilganligi bilan farqlanadi. SHunga ko‘ra u dialog, monolog va polilog shaklida bo‘ladi.
Dialog – nutq tuzilishining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, sotsial nutqiy aloqalarning tabiiy shakllaridan hisoblanadi. Dialog, akad L. V. SHcherba fikri bilan aytganda, «shunday ustaxonaki, unda tilning har turli o‘zgarishlari quyiladi va yi ғ iladi».
Katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan nutqiy aloqaning dialog shakli keng tarqalgan. CHunki bu shakl orqali millionlab kishilar ijtimoiy turmushda – oilada, ishlab chiqarish jarayonida, jamoat joylarida fikr almashadi.
So‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e`tiborda tutmaydigan nutq monolog hisoblanadi.
Ko‘p kishining o‘zaro suhbati polilog sanaladi.
3. Adabiy tilning ifodalanish jihatidan tabaqalanishi. Umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma`lum me`yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli adabiy til hisoblanadi. Adabiy tilning ikki ko‘rinishi bor: 1) yozma ko‘rinish, 2) o ғ zaki ko‘rinish.
4. Tilning ijtimoiy jamoa faoliyatiga ko‘ra tabaqalanishi. Tilning inson faoliyatining u yoki bu sohasi bilan bo ғ liq vazifalariga ko‘ra ajratiladigan uslublari vazifaviy uslublar sanaladi: badiiy uslub, so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub, ilmiy uslub, rasmiy-ish uslubi.
5. Muayyan ijtimoiy guruh kishilari foydalanadigan til sotsial dialekt sanaladi. Bunday til jargon va argo deb ataladi.
Tilning ijtimoiy yashash va ijtimoiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi sotsiolingvistika deb ataladi. Sotsiologiya va lingvistikaning sintezidan iborat bo‘lgan bu soha til bilan ijtimoiy hayot faktlari aloqasi; ekstralingvistik omillar ta`sirida til taraqqiyotidagi faol jarayonlar; radio, televidenie, kino kabilarning keng tarqalishi bilan tilning o ғ zaki va yozma shakli o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi, til siyosatini yuritishning vazifa va shakllari; keng xalq ommasi nutq madaniyatini ko‘tarish kabi muammolar bilan shu ғ ullanadi.
Sotsiolingvistika atamasi doirasida til va jamiyat o‘rtasidagi munosabat, uning rivojlanishi, xalqning ijtimoiy tabaqalanishi bilan bo ғ liq holda tilda vujudga keladigan farqlar muammosi o‘rganiladi. Sotsiolingvistika tilning o‘zgarish nazariyasiga amal qilib, tilning ijtimoiy muhitga ko‘ra o‘zgarish xususiyatlarini o‘rganadi.
Sotsiolingvistik nuqtai nazardan ham tillarning tipologiyasi mavjud bo‘lib, u tilning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini inobatga olgan holda o‘rganadi.
Sotsiolingvistik tipologiyada quyidagilar mavjud:
1. Tilning grammatikasi va lu ғ atini yaratishga xizmat qiluvchi standartlashtirish mezoni. Bunda ma`lum bir tilda gaplashuvchilar tomonidan tan olingan adabiy til tushuniladi.
2. Ma`lum bir tilda gaplashuvchi jamiyatning bor-yo‘qligi tan olinsa, bu uning hayotiylik mezoni sanaladi. Agar til hayotiy, tirik bo‘lsa, bu tilni ona tilim deb biladigan, uni e`zozlaydigan jamiyat ham mavjud bo‘ladi.
3. Ma`lum bir tilning jamiyat tomonidan ishlatilishi natijasida uning mo‘`tadil, bir tekis rivojlanib turishi nazarda tutilsa, tarixiylik mezoniga amal qiladi.
4. Ma`lum ijtimoiy guruh uchun ona tili sifatida xizmat qilayotgan u yoki bu til boshqa tillardan tuzilishi jihatidan tubdan farqlanishi yoki bir tilning varianti sifatida namoyon bo‘lishi avtonomlik mezoniga amal qiladi. Turkiy tillarning har biri bir-biriga avtonomdir.
Sanab o‘tilgan mezonlar asosida tillarning sotsiolingvistik tasnifi amalga oshiriladi. Sotsiolingvistik jihatdan jahon tillarining quyidagi tiplari mavjud:
1. Adabiy til me`yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida xizmat qiluvchi tillar standart tillar sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman, ukrain kabi tillar.
2. YOzuvga ega bo‘lib, o‘z davrida mukammal takomiliga etgan, buyuk asarlar yaratilgan tillar klassik tillar sanaladi. Klassik tillar o‘z davri uchungina emas, balki tillarning keyingi taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tillarning adabiy tillardan farqi shundaki, ular o‘lik tillardir. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, su ғ d tili, xorazmiy tili.
3. Son jihatidan ko‘p bo‘lmagan kichik xalqlarga xizmat qiluvchi, o‘z yozuviga ega bo‘lmagan tillar mahalliy tillar sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy hindularining tili.
4. Kreol tillar . Mustamlakachilik natijasida dunyoning turli qit`alarida ingliz, frantsuz, ispan, portugal tillari elementlari aralashuvidan tashkil topgan tillar. Masalan, Gaiti, Aruba, Bonayre orollarida paydo bo‘lgan gatti, ispan-nautal, papiyamento tillari kreol tillari jumlasiga kiradi.
5. Pijin tillari. Mahalliy tillarning Evropa tillari bilan chatishuvi natijasida yuzaga kelgan. Pijin tillari kreol tillarining dastlabki bosqichidir. Masalan, rus tilining xitoy dialekti asosida shakllangan til kyaxti deb nomlanuvchi til pijin tilidir.
6. Sun`iy tillar. Maxsus yaratilgan xalqaro aloqa tillari. Bunday sun`iy tillar qatoriga esperanto, ido, volyapyuk, oktsidental, interlingva, neo tillari kiradi.
7. Ma`lum bir qabila, xalq, millat tarkibiga kiruvchi kichik hududga tarqalgan aholi tili dialektdir.
Xullas, jamiyatga til qanchalik zarur bo‘lsa, til uchun jamiyatning bo‘lishi shunchalik zarurdir. Tilsiz jamiyat bo‘lmaganidek, jamiyatsiz til ham bo‘lmaydi. Uning qonuniyatlarini sotsiolingvistika o‘rganadi.
Qiziqarli malumotlar
China Education: Xech qanday imtihonlarsiz, Xitoyda bepul ta’lim olish imkoniyatingiz borligini bilasizmi