Chimildiq URF-ODATLAR to’liq malumot oling
DUNYo XALQLARINING TURLI URF-ODATLARI, IRIM-SIRIMLAR…
Mundarija
скрыть
Har bir xalqning o’z urf-odati, irimi mavjud. Ular bu odat va irimlarga o’ta jiddiy yondashishadi, ishonishadi. Masalan, Qadimiy rus xalqida yumshoq matoga non va tuzni o’rab stol ustida qoldirishgan. Bu oilaga baxt keltiradi deya hisoblashgan…
UYLANISh VA TURMUShGA ChIQISh IRIMLARI
Xuddi shu qadimiy rus xalqlari azaldan yangi kelin-kuyov cherkovda nikoh o’qitib qaytgach, ularni non va tuz bilan qarshi olishgan. Non kattakon va dumaloq shaklda pishirilgan. Kelin-kuyov bu nonni qo’llarni ishlatmagan holda tishlashlari lozim bo’lgan. Asosiysi, kim kattaroq bo’lakni tishlab uzib olsa, o’sha oilada yetakchi bo’lishi bashorat qilingan.
Hindistonda esa reankarnatsiya, ya’ni, ruhning bir tanadan o’zga tanaga o’tib qolishiga ishonishadi. Shuning uchun qiz bolani daraxtga ham turmushga uzatish holatlari kuzatiladi. Odatda bu irim «mangalik»lar, Marsning belgilangan kun, belgilangan joydaligida tug’ilgan qizlarga nisbatan amal qiladi. Hindlar bunday qizlarning eri uzoq yashamaydi deb hisoblashadi. Shu baxtsizlikka oilani mahkum etmaslik niyatida «mangalik» qizni daraxtga turmushga uzatishadi. To’ydan so’ng daraxt yoqib yuboriladi. Hisoblanadiki, birinchi eri olamdan o’tdi, demak, ikkinchisi — haqiqiy eriga erta o’lish xavf solmaydi.
Hindlar irimiga ko’ra, oilada to’ng’ich o’g’il birinchi uylanishi lozim. Qaysidir sabab bilan uylana olmasa, uni ham daraxtga uylantirib, keyin daraxt yoqib yuborishadi. Shundan so’ng keyingi o’g’ilning uylanishiga ruxsat berishadi.
chimildiq
chimildiq
chimildiq
chimildiq
chimildiq
chimildiq
chimildiq
chimildiq
chimildiq
chimildiq
SEMIZ KELINNI SEVADIGAN YuRT
Bu yurt Mavritaniya deb ataladi. Mavritaniya G’arbiy Afrikada joylashgan islomiy respublika sanaladi.
Bu yerda kelin qancha semiz bo’lsa, shuncha go’zal hisoblanadi. Shuning uchun ota-ona turmushga uzatish oldidan qizlarini alohida «tarbiyachi»lar ixtiyoriga topshiradi. Qizlar alohida joylarda o’sha tarbiyachilar nazoratida ko’proq va yana ko’proq ovqat yeya boshlashadi. 8-10 yoshli qizlar ikki kilogacha kuchli kaloriyaga ega taomni yeb bitirishlari, kuniga 100 stakan tuya suti ichishlari talab etiladi. Shundan keyin bu qiz yana bir boshqa joyga yuboriladi. Yangi joyda qiz bola hech qanday harakat sodir etmasdan, kecha-yu-kunduz faqat ovqat yeyishi kerak bo’ladi.
TUG’ILGAN KUN BILAN BOG’LIQ IRIMLAR
Tarixiy ma’lumotlarda ko’rsatilishicha, tug’ilgan kunni birinchi bo’lib qadimiy Misrda nishonlay boshlashgan. Tug’ilgan kunni nafaqat oddiy odamlar, balki firavnlar va mashhur kishilar ham nishonlashgan.
Odamlar tug’ilgan kunida qo’riqchi farishta barcha istaklar ro’yobga chiqishini Ollohdan so’rab berishiga qattiq ishonishgan va ishonishadi.
Shimoliy Afrikaning ba’zi davlatlarida odamlar tug’ilgan kunini umri davomida atigi ikki marotaba nishonlashadi. Birinchisi — bu dunyo yuzini ko’rgan kuni bayram qilinadi. Ikkinchi marotaba esa odam 52 yoshga kirganda nishonlashadi.
Agar odam uchinchi marta tug’ilgan kunini bayram qilish istagida bo’lsa, u 104 ga kirishini kutishi lozim. Afsuski, bu yoshga hamma ham yeta olmaydi. Angliyada esa qirolicha 80, 90, 100 yoshni qarshilaganlarga tug’ilgan kuni munosabati bilan shaxsan o’z nomidan tabrik telegrammalarini yo’llaydi.
Germaniyada esa 30 yoshga to’lgan yigit qo’liga supurgi olib ko’chalarni supura boshlaydi. Tug’ilgan kunga tashrif buyurgan mehmonlar baqir-chaqir bilan u supurayotgan yerga ko’proq axlat sochishga harakat qilishadi. Bu amal to ko’chadan o’tib ketayotgan turmush ko’rmagan qiz tug’ilgan kun sohibidan bo’sa olmaguncha davom etaveradi. Totli bo’sadan so’ng mehmonlar uyga qaytib bayramni davom ettirishadi.
Braziliyadagi qabilalardan birida esa tug’ilgan kunni ulg’ayish kuni deb atashadi. O’smirlikdan kattalar safiga qo’shilish arafasida turgan bolakayning qo’liga qo’lqop kiydirishadi. Qo’lqop ichiga esa chumolilarning maxsus turini qamashadi. Bu chumoli turi juda yomon chaqadi. Uncha-muncha odam bu chaqishga bardosh qila olmaydi. Bir marta chaqsa, tana bir kecha-kunduzgacha og’rib azob beradi. Tasavvur qiling, o’smirning qo’lqopi ichiga yuzlab shunday chumolilar to’dasi qamab qo’yiladi. Bolakay ularning chaqishiga 10 daqiqa ichida baqirmasdan chidab berishi lozim.
SO’NGGI YO’LGA KUZATISh IRIMLARI
Xitoydagi viloyatlardan birida qadimgi xitoyliklar olamdan o’tgan odamni tobutga solib yuksak cho’qqiga osib qo’yishni odat qilishgan. Hozirda ularning eng qadimiylari 2500 yoshda, oxirgilariga ham taxminan 400 yil to’lgan. Shu yo’l bilan xitoyliklar jasad yovuz mahluqlarga yem bo’lmasligining oldini olishgan.
Janubiy Koreyada esa olamdan o’tgan odamlarning hammasi ham qabrga qo’yilmaydi. Bunga mamlakatda joy tanqisligi sabab bo’lgan. Shu sababli marhumni krematsiya qilish, ya’ni, yoqish imkonini beruvchi qonun o’ylab topilgan. Yoqish amali o’ta yuqori issiqlik darajasida amalga oshiriladiki, kul mayda bo’laklar hosil qilib xuddi kristall tusiga kiradi. Marhumning yaqinlari bu krisstall tusidagi kulni turli ranglarga erinmasdan bo’yab chiqishadi va ularni billur idishlarda asrashadi.
Xitoyda esa shunday irim mavjud bo’lgan. Bu irimga Xon sulolasi boshqaruvi davrida qat’iyan amal qilishgan. Irimga ko’ra, agar o’lgan odam hali oila qurishga ulgurmagan bo’lsa, uni qarama-qarshi jins vakil yo vakilasi bilan birga bir qabrga dafn etishgan. Hisoblashganki, ikkovlari narigi dunyoda albatta nikohlanishadi va mustahkam oila qurishadi.
Hozir ham ba’zi viloyatlarda shu irim saqlanib qolgan. Agar yigit uylanmay olamdan o’tsa, u yoqtirgan qiz, yoqtirgani bo’lmasa, ota-onasiga yoqadigan qizning ota-onasiga 1000 dollar berib qizini o’ldirish va o’g’li bilan birga dafn etishga ko’ndirishadi. Juda iloji bo’lmasa, kasalxonaning o’likxonasi vrachlari bilan kelishib, qarama-qarshi jins vakilasi jasadini sotib olishadi va uylanmagan yigit jasadi bilan bir qabrga dafn etishadi.
tainy. net
Olimjon HAYIT tayyorladi
Boshqa mavzular
Chimildiq URF-ODATLAR