Chilla davrida chaqaloqqa qanday kasalliklar xavf solishi mumkin? to’liq malumot oling

Chilla davrida chaqaloqqa qanday kasalliklar xavf solishi mumkin? to’liq malumot oling

Chilla davrida chaqaloqqa qanday kasalliklar xavf solishi mumkin?

😮Ichak muammolari

Og‘iz suti bilan oziqlanayotgan chaqaloqlarda birinchi uch kun davomida ich kelishi suyuqroq bo‘lib, rangi to‘q yashil yoki qoramtir bo‘ladi. 4-5-kunlarga kelib esa sariq, bo‘tqasimon tus oladi. Bolaning ovqatlangan zahoti ichi ketishi yoki qotishiga organizmdagi moslashuv jarayonlarining belgisi sifatida qaraladi. Biroq kun davomida 6-7 martagacha suyuq ich ketishi yoki bir necha kunlab qorin bo‘shanmasligi shifokorga murojaat etish uchun yetarli asosdir. Shifokorlar bolada qorin damlanmasligi va ich qotish kabi belgilar bo‘lmasligi uchun avvalo ona to‘g‘ri ovqatlanishi lozimligini ta’kidlashadi. Bola organizmi tashqi muhitga moslashib olguniga qadar taomnomangizdan ich qotiruvchi mahsulotlarni olib turganingiz ma’qul.

🤢Teri toshmalari

Birinchi va ikkinchi kunlari chaqaloq terisi qizarishii, 3-5-kunga kelib esa teri yuzasi ko‘chishi mumkin. Bu normal holat. Ammo yuz terisida tez-tez takrorlanuvchi turli xarakterdagi toshmalar ona iste’mol qilayotgan mahsulotlar tarkibi yoki bola terisining moslashuv holatiga bog‘liq. Bola terisida turli toshmalar yuzaga kelishining oldini olish uchun ham emizikli ayollarga parhezga rioya qilish tayinlanadi.

🤧Burun bitishi

Chaqaloq hayotining ilk kunlarida tashqi muhitga endigina moslashayotgani hisobiga burun bitishi kuzatilishi mumkin. Bunday vaqtlarda paxtali cho‘pcha yordamida burun teshiklarini ohista tozalang. Har bir burun teshigi uchun alohida cho‘pcha ishlatish kerakligini unutmang. Burun bitishi 2-3 kunda ham o‘tib ketmasa, bolalar shifokori bilan maslahatlashib, kerakli tomchi dorilardan foydalanishingiz mumkin.

😲Og‘iz oqarishi

Ichak bilan bog‘liq muammolari bor go‘daklarda ko‘pincha og‘iz oqarishi kuzatilib, bu jarayon og‘iz bo‘shlig‘ining moslashuv holati bilan izohlanadi. Ammo ayrim vaqtlarda bunga og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga infeksiya tushishi ham sabab bo‘ladi. Chaqalog‘ingizning og‘zi oqarganini sezsangiz, qaynatib ilitilgan suvga sterillangan bintni namlab, og‘iz bo‘shlig‘ini asta arting. Oqarish tez-tez takrorlanib, bolada bezovtalik, ishtaha pasayishi bilan kechsa, albatta shifokorga ko‘rining.

🤒Shamollab qolsa…

Chaqaloqlarda shamollash jarayoni o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Odatda onada yoki oila a’zolarining birida shamollash kuzatilsa, bolaga ham yuqishi mumkin. Agar chaqaloqda burun oqishi, tumov, yo‘tal boshlansa, albatta shifokorga uchrab, ehtiyot choralarini ko‘ring.

@BOLALARSHIFOKORI1

Boshqa mavzular
Chilla davrida chaqaloqqa qanday kasalliklar xavf solishi mumkin?