CHIGʻIR

CHIGʻIR

CHIGʻIR — 1) yuklarni koʻtarish yoki siljitish uchun moʻljallangan mashina; barabanga oʻraladigan poʻlat arqon (kanat) yordamida amalga oshiriladi. Harakatlantirish turiga koʻra, dastaki yoki mashina (elektr dvigatel, ichki yonuv dvigateli va b.) bilan harakatlanadigan, oʻrnatilishiga koʻra muqim (statsionar) va koʻchma xillarga boʻlinadi. Chigʻir harakatlantiruvchi kiyem, reduktor, baraban, tormoz va yuk koʻtaradigan egiluvchan element (kanat yoki zanjir) dan iborat. Yuk koʻtaruvchanligi 250 kg dan 20 t gacha, yuk koʻtarish tezligi 0,5—1 m/s. Ch. yuklarni koʻtarish, tushirish, ayrim hollarda gorizontal yoʻnalish boʻyicha tashishda ishlatiladi. Chigʻirdan koʻtarishtashish mashinasi yoki murakkab kranlarning koʻtarish mexanizmi sifatida foydalanish mumkin;

Ensiklopediya.uz
CHIGʻIR