CHIChEN-ITSA

CHIChEN-ITSA

CHIChEN-ITSA (ChichenItza) Yukatan ya. o. ning shim. dagi mayyalarning siyosiy va madaniy markazi. Mil. 8-a. da barpo etilgan deb taxmin etiladi. 10-a. da tolteklar tomonidan bosib olingan. 11a. oʻrtalaridan Chichen-Isa tolteklarning Yukatandagi davlati poytaxtiga aylangan. Mayyapana, Ushmal va Ismal kabi shahardavlatlar qoʻshinlari tomonidan 1178-y. vayron qilingan. Ispanlar istilosi davrida (16-a. oʻrtasi) Chichen-Isa xaroba holatida boʻlgan. Chichen-Isa hududida bir necha marta qazishma ishlari olib borilgan; mayyatolteklarga mansub eng muhim meʼmoriy obidalarga «Qizil uy», «Ayol monastiri», «Cherkov», «Qorakoʻl» rasadxonasi, «Jangchilar ibodatxonasi», Kukulkan ibodatxona ehromi («Kastilyo»), toʻp oʻynashga moʻljallangan katta stadion va b. ni kiritish mumkin. Koʻplab monumentaldekorativ haykaltaroshlik namunalari vgg*devoriy rasmlar topilgan.

Ensiklopediya.uz
CHIChEN-ITSA