Chexiyada dam olish to’liq malumot oling
ChEXIYA
Chexiya – Yevropaning qoq markazida joylashgan davlat. Renessans davrining arxitekturasi oʼziga xos atmosferani hosil qiladi. Chexiya shifobaxsh termal va mineral chashmalari, tiniq hovuzlari, ajoyib oshxonasi, tetiklashtiruvchi ichimliklari va jilvalanuvchi billurlari bilan mashhur. Koʼngilga gʼuluv soluvchi qadimiy gotik qasrlar, tinchlantiruvchi musiqa sadolari taraluvchi katolik cherkovlar, oltin gumbazli imoratlarga ega poytaxt Pragadagi aql bovar qilmas koʼpriklar, muzeylar va tasviriy sanʼat koʼrgazmalari osoyishta dam olishni xush koʼruvchilarni befarq qoldirmaydi. Chexiyadagi shifobaxsh kurortlardan biri Karlovы Varы azaldan sogʼliqni tiklash uchun ajoyib maskan hisoblanadi. Bu yerdagi termal suvlarning shifobaxshlik xususiyati oʼziga xos. Аynan shu sababli bu yerga butun dunyodan minglab sayyohlar tashrif buyurishadi. Qulay hududda joylashganligi sababli Chexiyadan Аvstriya, Germaniya, Polьsha va Yevropaning boshqa davlatlariga qulay koʼchish mumkin. Chexiya boʼylab maydan sentyabrga qadar sayohat qilishni maslahat beramiz.
Chexiyada dam olish – bu madaniy boyish, yangi kashfiyotlar, yengil shabada va ruhlantiruvchi oʼrta asr sehri.
Chexiyaga safar – siru sinoat va moʼʼjizaga yoʼgʼrilgan ertaknamo olamga haqiqiy sayohat, shuningdek, maqbul narxlardagi ajoyib shoping.
Sayohat
Chexiyada dam olish