Chexiya gematologlarining tajribasi o`zbekistonlik bemorlarga yordam berishi mumkin – Milliy palata

Chexiya gematologlarining tajribasi o`zbekistonlik bemorlarga yordam berishi mumkin – Milliy palata

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasining Chexiyaga uyushtirgan iyul oyidagi xizmat safarida gematologiya sohasidagi yangi imkoniyatlar o`rganib chiqildi. Bu haqda Milliy palata Darakchi.uz`ga ma`lum qildi.

Praga Gematologiya va qon quyish instituti (ÚHKT)ga tashrif chog`ida, xususan, zamonaviy Biobanking tashkil etishning Chexiya tajribasi o`rganildi. Bu erda mahalliy bemorlarni ko`zdan kechirishda tashkil etilgan biologik namunalar saqlanar ekan. Shuningdek, jahon biobank tarmog`iga ulanish imkoniyati mavjud ekan. Bu esa bemorlar va ilmiy ishlar ustida rak, qon kasalligini davolash uchun muhim bo`lgan chuqur izlanishlar olib borish imkonining samarasini sezilarli darajada kengaytiradi. 

photo 2022 08 09 09 32 27

Milliy palata mutaxassislari Chexiyalik hamkasblari bilan O`zbekistonda biobank tizimining zamonaviy darajasini tashkil etish bo`yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama etdilar. 

Shuningdek,molekulyar-genetik tashxis, yangi avlodni sekvenirlash, biologik davolash dori vositalari kabi yo`nalishlarning rivoji o`rganib chiqildi. 

«O`zbekistonda gematologiya sohasida amaliy yordam hamda ushbu yo`nalishdagi eng ilg`or jahon tajribasini qo`llagan holda ilmiy tadqiqotlarning rivoji so`ngi yillarda jiddiy qo`llab-quvvatlanyapti va jiddiy e`tibor qaratilyapti. Bu borada 2021 yil may oyida Prezidentning «Aholiga gematologik va onkologik xizmatlar ko`rsatish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida»gi qarori qabul qilindi», — deb aytib o`tdi Chexiyadagi uchrashuv jarayonida Milliy palata rahbari Rovshan Izamov. 

Yana shu ham ta`kidlandiki, Prezident Shavkat Mirziyoev 2022 yil 17 iyunda o`zining topshirig`iga muvofiq yangidan qayta tashkil etilgan Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markaziga tashrif buyurdi. Endi bu erda bemor bolalar va ularning ota-onalari uchun alohida qulay sharoitlar yaratilgan. Iyun oyida markazda 101 nafar bola davolanayotgan edi. Ularga 130 nafar shifokor, jumladan, 38 nafar ilmiy xodim, yuzlab tibbiyot hamshiralari xizmat ko`rsatgan.  Joriy yilda Markazda qo`shimcha tibbiy uskunalarning 14 turi o`rnatildi, dori vositalari bilan ta`minlash sezilarli darajada o`sdi. Davlat tomonidan 91 turdagi onkometalogik vositalar bilan bepul ta`minlanyapti. 

Davlat rahbari topshirig`iga asosan Markaz yanada kengaytiriladi. Yil oxirigacha yana 67 turdagi uskunalar olib kelib o`rnatiladi. Bu erda tashxislash va davolash standartlari yangilangan. Markaz faoliyatiga eng yaxshi xorijlik konsultantlar jalb etilyapti.

Aynan eng yaxshi dunyo tajribasi va O`zbekiston olimlari va boshqa mamlakatlarning hamkorlik aloqalari davolash darajasida burilish hosil qilish imkonini beradi. ÚHKTda qonning onkologik kasallanishini bemorlarning o`z hujayralari bilan davolash usullari o`rganilyapti. O`tgan yili oktyabr oyida Chexiya olimlari va OAV xabar berishicha, buning uchun yangi tadqiqot paviloni ochilib, u erda hujayralar ustida tadqiqot o`tkazadigan va o`smalar bilan kurasha oladigan hujayralar ishlab chiqilar ekan. Ularni maxsus, aniq bemor uchun tayyorlab, infuziya  shaklida taqdim etiladi. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, yangi usul yuzasida ma`lum antigen mavjud bo`lgan va modifikasiya etilgan hujayralar ularni aniqlashi mumkin bo`lgan yomon o`smalarning uchta turini samarali davolashi mumkin. Qutqaruvchi hujayralar ma`lum bemor uchun tayyorlanadi. Ularni tayyorlash uchun bir oy vaqt ketadi. Bu personlashtirilgan tibbiyotdir.

Mazkur tadqiqotlar orqali kelajakda «umumiy hujayralar» deb atalmish hujayralar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Va bunday hujayralarni bemorga kechiktirmasdan o`z vaqtida uzatilishi mumkin bo`ladi. 

Shunday qilib, Chexiya tajribasi shu bilan ma`qulki, bu erda bemorga  fundamental tadqiqotlar va ishlab chiqarishdan tortib, ularni  bemorni davolashda qo`llanishgacha bo`lgan barcha jarayonlarni qamrab olgan yordam mexanizmi ishlab chiqilgan.

Xizmat safari davomida hamkorlikni rivojlantirish va O`zbekiston bemorlarini davolashda Chexiya tajribasini amalda qo`llash maqsadida ÚHKT bilan hamkorlik munosabatlari o`rnatildi.

photo 2022 08 09 09 32 31

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Chexiya gematologlarining tajribasi o`zbekistonlik bemorlarga yordam berishi mumkin – Milliy palata