Chet elda ta’lim haqida. Plyus va minuslari. to’liq malumot oling

Chet elda ta’lim haqida. Plyus va minuslari. to’liq malumot oling

Bugungi giper globalizatsiya davrida xorijda ta’lim olishni istaganlar uchun hamma eshiklar ochiq. Yevropa, AQSh, Osiyo va Okeaniya oliygohlari orasidan aynan sizga loyig’ini tanlab olish mushkul. Ushbu maqolamizda bu masalada siz, abituriyenlarga yordamchi bo’lmoqchimiz. Demak, chet elda o’qish, plyus va minuslari, umuman bu sizga kerakmi…

Buyuk Britaniya

Tumanli Albionda ta’lim olish obro’li va ayni damda qiziqarlidir. Dunyo universitetlar reytingining eng yuqori o’rinlarini Britaniya oliygohlari egallagan. Bu mamlakatda ta’lim zamonaviy va tezkor.

Plyuslar

Yuqori reytingli oliygohlar
Sifatli ta’lim
Dunyo boy’lab tan olingan diplom
Qiziqarli talabalik hayoti

Minuslar

Yuqori narxlar
Studentlik vizasini olish va uzaytirish muammolari
Kuchli raqobat
Ish bilan taminlanish ehtimoli oz

AQSh

AQSh xorijiy talabalarni qabul qilish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turdi: deyarli 700 ming. Amerika imkoniyatlar mamlakati.

Plyuslar

Ta’lim dasturlarining hilma hilligi
Yuqori standartlar va professianalizm
Talaba almashinuv sistemasi
Ishlab qolish ehtimoli buyuk

Minuslar

Yuqori narxlar
Noodatiy mentalitet
Yashash uchun narx-navoning qimmatligi

Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiya bu bokira tabiat, o’ziga hos hayot tarzi va albatta «Hobbit va Uzuklar hukumdori» vatanidir. Bu mamlakat dunyo ta’lim bozorida yangi bo’lishiga qaramay, xorijiy talabalarga katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Plyuslar

Britaniya ta’lim sistemasi
Sifat va narxlar uyg’unligi
Progressiv nigohli yosh oliygohlar
Mamlakatda qolib ishlash imkoniyati

Minuslar

Geografik uzoq joylashuvi
Avia chiptalarning qimmatligi
Vizaga aloqador hujjatbozliklar

Biz bu ro’yhatni uzoq davom ettirishimiz mumkin, lekin asosiysi bu emas. Xorijda ta’lim sizga yangicha dunyo qarash, o’zgacha tafakkur va tajriba berishi mumkin, lekin sizning hayotdagi o’rnigizni va sizni kimligingizni belgilab berolmaydi.

Maqolamizga befarq qolmang, sizning fikr va mulohazaliringizni kutib qolamiz.

Talaba
Chet elda ta’lim haqida. Plyus va minuslari.