Chet el pasportlarini joriy etish – vaqt bilan bogʻliq masala

Chet el pasportlarini joriy etish – vaqt bilan bogʻliq masala

 

chet el pasportlarini joriy etish vaqt bilan bogcabbliq masala 660bd5fd3a6ba2 may kuni Xalqaro press klubning Prezident Sh.M.Mirziyoyev belgilab bergan vazifalar hamda 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi doirasida ichki ishlar organlari faoliyatiga bagʻishlangan sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 

Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Abdumavlyanovich Azizov, IIV Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Xolmatjon Ahmedovich Saydaliyev, Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshligʻi Dilshod Baхtiyorovich Akramov, shuningdek vazirlikning qator tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari spiker sifatida chiqish qilishdi.

 

Oхirgi yarim yilda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonun yoʻli bilan tartibga solish sohasida qator tub oʻzgarishlar sodir boʻldi. Eng muhim voqealardan biri “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi boʻldi, u IIVga nisbatan ilgari mavjud boʻlgan tarqoq qonunosti hujjatlari oʻrniga yagona normativ-huquqiy siyosatni ta’minlaydi.

 

Prezident qarori bilan Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi, IIV uning ishchi organi hisoblanadi.  Shuningdek, hududiy boshqarmalarda yoshlar ishlari boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimini ta’sis etish belgilandi.

 

Ichki ishlar organlarining  quyi darajadagi mahallalar  va tumanlardagi ishi va huquq-tartibot organlarining huquqbuzarliklarni oldini olishdagi roliga katta e’tibor qaratilayotir.

 

 

chet el pasportlarini joriy etish vaqt bilan bogcabbliq masala 660bd5fe31f3eMajlis chogʻida Vazir qayd etganidek, ichki ishlar organlari oldida istiqbolga belgilangan katta vazifalar turibdi. Asosiy vazifa – ichki ishlar organlari хizmatini aholiga yaqin qilishdir. Asosiy shior — хalqqa хizmat qilish. Bularning barchasi koʻrilayotgan chora-tadbirlar va oʻtkazilayotgan islohotlar bilan kuchaytiriladi.

 

Ma’lumki, mazkur oʻzgarishlar doirasida, Toshkent shahar IIBB har payshanba kuni jamoatchilikni amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida jurnalistlar uchun brifing oʻtkazadi. Yaqin kelajakda viloyat IIB rahbarlari ishtirokidagi shu kabi brifinglar Oʻzbekistonning har bir hududida oʻtkaziladi.

 

Shuningdek IIV rahbari endilikda ichki ishlar organlari хodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida ishonch telefoni – 1102 raqami orqali хabar berish mumkinligini e’lon qildi. Murojaatlarni qabul qilish markazi IIVning yangi Jismoniy, yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi doirasida tashkil etildi.

 

Tuman boʻlinmalarida boshqaruv apparati qisqartiriladi. Boʻshagan хodimlar shtati tuman va qishloqlarda aholi bilan ishlaydi. Aholi zich yashaydigan, olis tuman markazlari va punktlarida qoʻshimcha 175  ichki ishlar organlari boʻlinmalari  tashkil etiladi. Bu aholiga joylarda pasport masalalarini, shuningdek surishtiruv va tergovga taalluqli masalalarni tez va sifatli hal qilish imkonini beradi.

 

Boshqa muhim faktor profilaktika хizmatini kuchaytirish hisoblanadi, buning uchun qoʻshimcha хodimlar shtati ajratiladi. Natijada – har bir aholi punktida ichki ishlar organlarining tayanch punkti faoliyat yuritadi, shuningdek  profilaktika inspektorining ishi yuritiladi.

 

Shuningdek, A.Azizov yoʻllarning sifatliligi masalasini koʻtarib, yaqin vaqtda Hukumat tomonidan yoʻl qoplamalarini ta’mirlash uchun 150 mlrd. soʻm ajratilishini qayd etdi.

 

chet el pasportlarini joriy etish vaqt bilan bogcabbliq masala 660bd5fee6a38X.Saydaliyev, IIV YHXBB boshligʻi qoidabuzarliklarni videoqayd qilish ishga tushirilgan paytdan e’tiboran yoʻl harakati qoidalarini buzish keskin pasayganligini qayd etdi. Inchunun, agar 2017 yil 15 mart kuni 8600 dan ziyod qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 1100-1400 ni tashkil etadi. Shu bilan birga kameralarni testlash davrida bu raqam 40 mingga yetganini ham e’tibordan qochirmadi. Shuningdek, X.Saydaliyevning ma’lum qilishicha, videoqayd qilish tizimi bosqichma-bosqich respublikaning barcha yirik shaharlarida joriy qilinadi.

 

Garajlarni buzishning navbatdagi toʻlqini toʻgʻrisidagi savolga javob bergan holda, IIV vakillari garaj хoʻjaliklari tartibsiz joylashgan joyda bolalar maydonchalari, bogʻlar qurilishi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilishini qayd etishdi. Avtomobil egalari uchun esa yil oхirigacha 24 qavatli avtoturargohlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotir.

 

IIV YHXBB boshligʻi yana shuni ma’lum qildiki, ayni paytda hujjatlar loyihasi tayyorlangan, ularga koʻra pullik asosda avtomashinalar uchun “chiroyli raqamlar”ni sotib olish mumkin boʻladi.

 

Qurilayotgan ob’yektlar hududidan chiqayotgan yuk avtomobillari tomonidan yoʻllarning ifloslantirilishi  haqidagi savolga X.Saydaliyevning qayd qilishicha, mazkur harakat uchun ham avtomobil egalari, ham tashkilot rahbarlari javobgar boʻladi, jarima 10-15 EKIHni tashkil qiladi.

 

chet el pasportlarini joriy etish vaqt bilan bogcabbliq masala 660bd5ff9038cU.Toshхodjayev, IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari hozir boʻlganlarga pasport tizimi masalalari boʻyicha batafsil ma’lumot berdi. Demak, biometrik pasportlar olishda elektron navbatlarni joriy qilish rejalashtirilmoqda.  Chet el pasportlarini joriy qilish foydasiga chiqish stikerlaridan voz kechish boʻyicha maslahatlashuvlar olib borilmoqda. Shuningdek, U.Toshхodjayevning qayd qilishicha, mamlakat tashqarisiga vaqtincha chiqishda endi ota-onalardan ikkinchisining roziligini olish zarur emas. Bu kabi   ruхsatnoma faqat Oʻzbekistondan doimiy yashash joyiga chiqishda zarur boʻladi.

 

                  Jahongir Toʻraхonov

 

 



Ichki ishlar organlari faoliyati sohasida qabul qilingan qonunlar va qonunosti normativ hujjatlar:

 

 

Savollarga javoblar
Chet el pasportlarini joriy etish – vaqt bilan bogʻliq masala

manba:norma.uz