Chet el fuqarolari uchun daromad solig‘i stavkasi to’liq malumot oling
Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, quyidagilar joriy etildi:
oxirgi yildagi savdo tushumi BHMning 10 ming baravaridan (2,7 mlrd so‘mdan) oshmaydigan tadbirkorlarga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qo‘llanilmaydi;
2022-yil 1 sentyabrdan raqobatga qarshi harakat qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagilar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi:
tovar va moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi kelishuvlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish;
ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini asossiz oshirganlik va insofsiz raqobat;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va aktsiyalarni sotib olish bitimlarini tuzishda raqobatni buzish;
ommaviy savdolarda raqobatga zid harakatlar amalga oshirganlik va monopoliyaga qarshi talablarni buzish.
2022-yil 1-maydan norezident shaxsning O‘zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i 12 foiz miqdorida belgilanadi (ilgari 20 foizgacha).
2022-yil 1-iyuldan bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar faqatgina qonunlar bilan beriladi.
Farmonga ko‘ra, Toshkent shahri misolida Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasi joriy etiladi.
Foydali Maslahatlar
Chet el fuqarolari uchun daromad solig‘i stavkasi