ChERKOV

ChERKOV

ChERKOV (yun. kyriake — xudoning uyi) — 1) xristianlikdati maxsus diniy tashkilot. Oʻz diniy aqidalari va marosimlari tizimiga ega. Cherkov iyerarxik tarzda boshqariladi. Cherkovga mansub kishilar ruhoniylar va oddiy dindorlarga boʻlinadi. Xristianlik Ch. ni «Isoning ilohiy tanasi», unga eʼtiqod kiluvchilar shu tana aʼzolaridir, Iso esa shu tananing boshi deb taʼlim beradi. Cherkov dindorlar uyushmasi bulib, sirli marosimlar (xususan, non va vino totish marosimi)da inson bilan xudoning birgalikdagi ishtiroki orqali ularning birlashib ketishi amalga oshiriladi, deb tasavvur qilinadi. Yirik xristian Cherkov lari — pravoslav Cherkovi (q. Pravoslaviye), katolik Cherkovi (q. Katolitsizm), protestant Cherkovi (q. Protestantizm) va b. ;

Ensiklopediya.uz
cherkov.