“Chekishni tashlashning osongina yo‘li” asari muallifi haqida haqida malumot
Allen Karr 1934 yili Londonda tug‘ilgan. Asli kasbi hisobchilik. 18 yoshidan cheka boshlab, 30 yil davomida ashaddiy kashanda bo‘lgan. 1983 yili chekishni batamom tashladi va bu borada o‘z usulini ishlab chiqdi. U chekishga qarshi faol kurashchilardan biriga aylandi, «Oson yo‘l» deb ataluvchi xalqaro klinikalar tarmog‘iga asos soldi. «Chekishni tashlashning osongina yo‘li» kitobidan tashqari ichishni tashlash va ozishga bag‘ishlangan asarlari ham butun dunyoda mashhur. «Chekishni tashlashning osongina yo‘li» dunyoning yigirmadan ortiq tillariga tarjima qilingan.
2006 yili shifokorlar Allen Karrga o‘pka saratoniga chalinganini, 9 oy umri qolganini aytishdi. «Bundan 23 yil muqaddam, oxirgi sigaretamni chekkanimda o‘zimni dunyodagi eng baxtiyor odam deb his qilgandim, – dedi u shifokorlarga javoban. – Men hali ham baxtliman!»
Allen Karr 2006 yilning 29 noyabrida vafot etdi.
Kasalliklar
“Chekishni tashlashning osongina yo‘li” asari muallifi haqida