“Chekishni tashlashning osongina yo‘li” (10-qism) haqida malumot
Zerikish
Sigaretaning zerikishga barham berishi chekish bilan bog‘liq yanglish fikrlardan biri. Zerikish – bu fikrlarning yo‘nalishi. Fikrlarni esa odam o‘zi istagan tomonga buraveradi.
Xo‘-o‘sh, siz nikotinga qaramsiz, lekin ayni damda chekmayapsiz. Shunda o‘zingizni nimadir yetishmayotgandek his qilasiz. Aqlingizni zo‘riqtirib qo‘ymaydigan biror mashg‘ulot bilan shug‘ullansangiz bormi, sigareta haqidagi o‘y sizni ancha paytgacha bezovta qilmaydi. Lekin zerikib, nima bilan chalg‘ishni bilmayotgan ekansiz, u holda ichingizdagi mitti maxluqni boqishga to‘g‘ri keladi. O‘zingizga erk berib (ya’ni chekishni to‘xtatishga yoki kamaytirishga urinmay), sigareta tutatar ekansiz, bu g‘ayrishuuriy harakat ekanini o‘ylab ko‘rmaysiz. Aql bilan qilinadigan ishlar esda qoladi. Biror chekuvchidan kun bo‘yi chekkan sigaretalarini eslashini so‘rab ko‘ring-a, ayrimlarini aytishi mumkin, xolos.
Gap shundaki, chekish tushkun kayfiyatni boshdan kechirishga majbur qilib, zerikishni kuchaytiradi. Kashanda vaqtini biror foydali ish bilan emas, hafsalasizlik va xumorni yengishga urinish bilan o‘tkazadi. Eng yomoni, esimizni taniganimizdan beri chekish zerikishdan qutqarishi haqida eshitamiz va ko‘pchilik shu safsataga ishonib qoladi. Zerikkanimdan chekyapman, deguvchilarni kuzatib ko‘ring, sigareta ularga hech qanday shodonlik bag‘ishlamasligiga amin bo‘lasiz. O‘sha chekuvchilarning chehrasida dilgirlikdan bo‘lak hech vaqo yo‘q.
© Allen Karr.
“Chekishni tashlashning osongina yo‘li” kitobi.
Tib.uz
Kasalliklar
“Chekishni tashlashning osongina yo‘li” (10-qism)