Chekishdan voz kechish

Chekishdan voz kechish

Chekishdan voz kechish

Mundarija скрыть
Chekishdan voz kechish
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Chekishdan voz kechish keksa yoshda hayot davomiyligini oshiradi, deb xabar qilmoqda olimlar. Ular xulosasi tadqiqot natijalari bilan mustahkamlangan. Ilmiy izlanish esa American Journal of Preventive Medicine jurnalida chop etildi.
AQSHning Merilendidagi saraton Milliy instituti mutaxassislari olti yil ichida 70 yoshdan katta bo‘lgan 160 ming kishini kuzatib bordi. Ular orasida doimiy chekuvchilar va chekishni tashlaganlar bo‘lgan. Tadqiqot ishtirokchilari orasida, uning yakuniga qadar vafot etganlar soni chekmaydiganlarda 12,1 foizni, chekuvchilarda esa 33,1 foizni tashkil qildi. Chekishni tashlaganlar orasida o‘lim xavfi ehtimoli 30 yoshdan undan voz kechganlarda 16,2 hamda 60 yoshidan tashlaganlarda 27,9 foizni tashkil etdi.
38ee6533aaea60d114fa3d5ae0ea3f1d
Chekish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim holatlari asosan o‘pka, yo‘g‘on ichak, oshqozonosti bezi va oshqozon saratoni, yurak xastaligi, diabet, pnevmoniya va o‘pkalarning doimiy kasalligi sabab yuz bergan.
Yoshlik paytida chekish 50 yoshdan kichik kishilarda yurak va qon-tomir kasalliklari xavfini 8 barobar oshiradi. Bu haqida Heart jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilindi.
«Barcha chekuvchilarni yurak bilan bog‘liq jiddiy muammolarga yo‘liqish xavfini pasaytirish maqsadida tamakidan voz kechishga chorlash lozim. Bu ayniqsa, yoshlarga taalluqli», – deydi Buyuk Britaniyadagi Sheffild universiteti ilmiy xodimi Ameliya Lloyd.
Lloyd va uning hamkasblari Sheffilddagi gospitallardan biridagi deyarli 2000 bemorning salomatligi va ularning keyingi taqdirini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi. Bemorlar miokard infarktining keng tarqalgan shakli rivojlanishi natijasida shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga kelib tushishgan.
Ularning orasida yoshi ulug‘ insonlar bilan birga yoshlar ham bo‘lgan. Olimlar ularda bu kasallikning rivojlanishiga nima sabab bo‘lganiga qiziqib qolishdi. Buning uchun tibbiyot xodimlari Birlashgan Qirollikning statistika xizmatiga bu insonlarning qanday oziqlangani va qanday zararli odatlarga ega bo‘lgani borasida yordam so‘rab, murojaat qilishgan.
Tadqiqotchilar yurak xurujiga olib keluvchi xavfning asosiy omili chekish ekanligini tezda aniqlashdi. Bu zararli odat yurak va qon-tomir sohalarida jiddiy muammolar va hattoki o‘lim xavfini barcha bemorlar uchun taxminan 3 barobar, yoshlar va 50 yoshgacha bo‘lgan kishilarda esa – 8 barobar oshirishi ma’lum bo‘ldi.

avitsenna.uz/chekishdan-voz-kechish/

Chekishdan voz kechish