CheatEngine 6.3 yordamida Zuma + Dota (WarCraft) ni debug qilamiz.
Salom. Zuma va Dota o’yinini ko’pchilik o’ynagan bo’lsa kerak shu qatorda men ham. Yaqinda o’ynab o’tirib Zumaning 8-etapidan o’ta olmadim. Keyin o’ylab o’ylab qanday oson yo’l bilan yutsa bo’larkan deb o’ylab o’z kuchimni ishga soldim va hozir oxiriga yetdim :).
Avvala cheatengine.su/download dan CheatEngine ni ko’chirib olamiv va o’rnatamiz. Keyin albatta Zuma va WarCraft + Dota ni ham.
Agar ikkalasini ham o’rnatgan bo’lsangiz davom etamiz. CheatEngine ni yuklasangiz quyidagi oyna chiqadi.
1 — yuklanib turgan dasturni tanlash
2 — qidirish natijasida topilman manzillar
3 — kerakli manzillar ro’yxati
Endi Zuma o’yinini yuklaymiz va biron bir level ga kirib o’yinni boshlaymiz va pausega qo’yib CheatEngine ga o’tamiz. Agar CheatEngine dagi 1-tugmani bossangiz quyidagi ro’yxat chiqishi kerak.
Ro’yxatdan Zuma ni tanbal «Open» tugmasini bosamiz. Shunda bosh oynadagi «First scan» tugmasi faollashishi kerak. Agar Zuma o’yinida hech qaysi sharlarni yo’qotmagan bo’lsangiz demak sizning ochkoingiz 0 bo’lishi kerak. Demak 4-maydonga 0 qiymatini yozamiv va «First Scan» tugmasini bosamiz. Shunda «Next Scan» faollashib chap tarafdagi 2-oynada topilgan maydonlar ro’yxati chiqishi kerak.
Endi Zuma o’yniga o’tamiz va ozgina ochko olamiz. Man 80 ochko oldim va quyidagicha ish qilaman. Endi ya’na 4-maydonga 80 qiymatini yozamiz va «Next Scan» ni bosamiz. Shunda 2-maydondagi topilgan manzillar kamayishi kerak. Keyin yana Zuma o’tamiz va ozgina ochko olamiz. Endi mani ochkom 130 bo’ldi. Ya’na prosessni takrorlaymiz, ya’ni 4-maydonga 130 ni yozib «Next Scan» ni bosamiz. Va nihoyat 2 ta qoldi.
Endi ya’na Zumaga o’tib ochko olamiz. Shunda quyidagicha natijaga o’tishingiz kerak. Mani holatimda ochko 290 bo’ldi.
Endi shu ikkalasini belgilab mishka bilan 3-oynaga olib o’tamiz. Yoki doubleclick bilan ham 3-oynaga tushirish mumkin.
Agar tushirgan bo’lsangiz, ikkalasini ham belgilab ENTER tugmasini bosing yoki sichqonchani o’ng tugmasini bosib «Change record» => «Value» ga kiring.
Man 2900000 ni kiritib OK ni bosdim, siz hohlagan qiymatingizni bering. Agar qiymatni o’zgartirgan bo’lsangiz, Zuma o’tniga o’ting. Natija quyidagicha bo’ladi
WarCraft + Dota ni ham shu usulda oltin qo’shishingiz mumkin. Lekin agar online da o’ynasangiz AntiCheat o’rnatilgan bo’lsa bu usul hech qanday foyda bermaydi. Umuman AntiCheat tushunchasi shunga o’xshash dasturlar chiqishni boshlagandan keyin chiqarishgan.
Shu usuldan foydalanib ancha buncha o’yinlardagi ochkolarni o’zgartirsa bo’ladi. Mani o’ylashimcha bu narsa sizga juda ast qotadi.
Izohlar bo’lsa marhamat.
Texnologiyalar
CheatEngine 6.3 yordamida Zuma + Dota (WarCraft) ni debug qilamiz.