CHATQOL TIZMASI

CHATQOL TIZMASI

CHATQOL TIZMASI — Gʻarbiy Tyan shandagi togʻ tizmasi. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududlarida. Fargʻona va Chatqol vodiylarini birbiridan ajratib turadi. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa 220 km choʻzilgan. Shim. sharqiy qismida Talas Olatovidan Terekbel dovonining gʻarbrogʻida ajralgan, jan. gʻarbda Chirchiq vodiysida tugaydi. Bal. 3000—3500 m, eng baland joyi 4503 m. Ch. t. da birbiridan daryolar bilan ajralgan bir kancha togʻ massivlari bor. Bulardan yiriklari Surenota, Qizilnura, Uchtosh, Arashon, Sargardon, Qumbel va b. Ch. t. asimmetrik tuzilishga ega. Shim. va shim. gʻarbiy yon bagʻirlari Chatqol daryosi vodiysidan tik koʻtarilgan. Jan. va jan. sharqiy yon bagʻirlari esa kiyaroq. Suvayirgʻich qismida koʻplab tik koʻtarilgan choʻqqilar bor. Yon bagʻirlari zich daryo vodiylari bilan kesilgan, denudatsion yuzalar tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
CHATQOL TIZMASI