CHATQOL SANATORIYSI

CHATQOL SANATORIYSI

«CHATQOL» SANATORIYSI — togʻ iqlimiy kurort. Toshkent sh. dan 55 km uzoqlikda, Chirchiq daryosining chap sohilida, dengiz sathidan 610 m balandlikda joylashgan. Shim. sharq va jan. dan Gʻarbiy Tyanshanning Ugom, Piskom, Chatqol va Qurama togʻ tizmalari oʻrab turadi. Mayd. 12,5 ga. «Chatqol sanatoriysi» s 1975-y. da tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Geol. va mineral resurslar Davlat qoʻmitasiga qarashli tibbiy sogʻlomlashtirish maskani. Iqlimi quruq togʻ havosi, yozi jazirama emas, kishi iliq. Yillik oʻrtacha tra 11,5°, havoning nisbiy namligi 50—60%. Yil davomida 800 mm yogʻingarchilik boʻladi. Chirchiq daryosi yaqinligi tufayli vujudga keladigan gidroaeroionizatsiya va quyoshning toʻliq nuri dam oluvchilar uchun qulay sharoit tugʻdiradi.

Ensiklopediya.uz
CHATQOL SANATORIYSI