Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar

Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar

«KFK-Shoes Collection» oyoq kiyimlari «CLASICA SHOES INTERNATIONAL» MChJ qo‘shma korxonasining rasmiy brendi hisoblanadi. O‘zbekiston-KNR (Andijon shahri). Mazkur brend ostida sof charm, zamsh, nubuk va boshqa sun’iy charmdan yaratiluvchi erkaklar oyoq kiyimining keng to‘plamlari taqdim etiladi.

«KFK-Shoes Collection» – erkaklar uchun sifatli va hamyonbop poyabzallar

Odamlar orasida erkak kishining didini u kiygan poyabzalidan bilsa bo‘ladi, degan naql bor. Agarda oyoq kiyim toza va bejirim bo‘lsa, uning egasiga bo‘lgan munosabat va e’tibor yanada ijobiy tomonga o‘zgaradi.

Erkaklarning poyabzali ayollarnikidek rang-barang bo‘lmasa-da, uning dizayni, qulayligi va mustahkamligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar har kuni o‘rtacha hisobda 3000 dan ortiq qadamni bosib o‘tadi. Agarda poyabzal sifatsiz matodan tayyorlangan bo‘lsa yoki oyoqlarga noqulaylik tug‘dirsa, inson o‘zini erkin tuta olmaydi. Ba’zan bu holat jarohatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, sifatli va qulay poyabzal tanlash zamon talabiga aylangan.

Shahrimizda o‘zining zamonaviy, sifatli va eng muhimi, hamyonbop narxdagi erkaklar oyoq kiyimini ishlab chiqarayotgan «KFK-Shoes Collection» bu borada eng munosib tanlov bo‘la oladi.

«KFK-Shoes Collection» oyoq kiyimlari «CLASICA SHOES INTERNATIONAL» MChJ qo‘shma korxonasining rasmiy brendi hisoblanadi. O‘zbekiston-KNR (Andijon shahri). Mazkur brend ostida sof charm, zamsh, nubuk va boshqa sun’iy charmdan yaratiluvchi erkaklar oyoq kiyimining keng to‘plamlari taqdim etiladi.

«KFK» brendi rasmiy tarzda O‘zbekiston bozorlarida 2010 yildan boshlab o‘z ishini olib bormoqda. Biroq kompaniya o‘z ishlab chiqarish faoliyatini 1996 yilda boshlagan. Ayni damda kompaniyada 200 dan ortiq xodim turli mutaxassisliklar bo‘yicha xizmat qiladi. Fabrikadagi ish samaradorligini kuniga 1000-2000 juft oyoq kiyimlar ishlab chiqarilishidan ham bilish mumkin.

Hozirgi kunda almashinuvchi mavsum (bahor-kuz) to‘plamining 216 namunalari, qishgi mavsum to‘plamining 153 namunasi ishlab chiqarilmoqda. Yozgi mavsum to‘plami esa 300ta erkaklar poyabzali/mokasina, 80 turdagi shippak va 70 xil yozgi oyoq kiyimlar to‘plamidan iborat.

Kompaniyaning malakali dizayner, modeler, texnolog va oyoq kiyim ustalaridan iborat jamoasi tinim bilmay mavsum to‘plamlarining yangi namunalari ustida mehnat qilishadi. Bu esa o‘z navbatida dunyo poyabzallari sanoatida sodir bo‘layotgan zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari haqida xabardor bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, kompaniya rahbariyati va top-menejyerlari Osiyo va Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkaziladigan an’anaviy jahon ko‘rgazmalarida muassis sifatida ishtirok etib kelishmoqda.

Shuningdek, kompaniya yana bir quvonchli xabarni ma’lum qiladi. Yurtimiz mustaqilligining 25 yillik tantanasi munosabati bilan barcha modellarga 20 foizgacha bo‘lgan chegirmani taqdim etadi. Aktsiya 2016 yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.

Shunday ekan, sifatli, hamyonbop va zamonaviy oyoq kiyimlarini sotib olishga shoshiling! Tanlovda adashmang, zamonaviy uslub va qulaylik – o‘z qo‘lingizda!

Manzil: Sergeli tumani, O‘zgarish. Sadaf Mebel biznes markazi.
Mo‘ljal: Goodear avtoservisi, aylanma yo‘l ko‘prigiga yetmasdan chap qo‘ldagi so‘nggi bino.
Telefon:
+99890 955-44-86 (20:00gacha)
+99871 250-11-17 Ofis (18:00gacha)
Sayt: kfk-shoes.com
Facebook: https://www.facebook.com/uzkfk/?ref=ts&fref=ts

Reklama huquqi asosida

Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar

Oq krossovkalar uzoq vaqtdan beri nafaqat sportchilarda, balki bu turdagi poyabzallar ichida mashhur bo‘lib, uni sport kiyimlaridan tashqari boshqa uslublarda ham topish mumkin. Krossovkalarni oq rangini uzoqroq saqlash uchun qimmatbaho maxsus mahsulotlardan foydalanish shart emas. “Profil” nashri bu haqda foydali tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Oq krossovkalarni tozalash uchun oddiy va hamyonbop mahsulotlar bo‘lsa bas, ammo ularning tanlovi poyabzal ishlab chiqarilgan materialga bog‘liq.

Charm

Charm poyabzallarni tozalash osonroq, chunki material kamroq namlik yutadi. Jarayonni boshlashdan oldin krossovkalar yuzasidan kir va chang zarralarini artib tashlash kerak. Oyoq kiyimining oqligini tiklash uchun melamin gubkani ishlatish tavsiya etiladi. Uni suv bilan namlash va siqib tashlash, keyin krossovkalarni artish kerak. So‘ngra matoni kir sovuni bilan ko‘piklab, poyabzalning yuqori qismini artib olinadi. Oyoq kiyim yuzasidan ortiqcha sovunni olib tashlab, krossovkalarni quritishga qo‘yiladi.

Mato

Paxta yoki mato poyabzallarni iste’mol sodasi va sirka bilan tozalash mumkin. Bir osh qoshiq soda va ikki osh qoshiq 9 foizli sirka bir stakan iliq suv bilan aralashtiriladi. Aralashmaning shivirlashi to‘xtaganda, olingan eritmada mato yoki toza tish cho‘tkasi namlanadi va poyabzaldagi kir tozalanadi. Shu bilan bir qatorda, bir osh qoshiq soda va yarim osh qoshiq vodorod periksni suvga aralashtirib, foydalanish mumkin. Tozalash vositasi ta’sir qilish uchun 30 daqiqa kutiladi, keyin suv bilan yuviladi.

Zamsh

Bu tozalash uchun eng qiyin materiallardan biridir. Biroq ulardagi tozalikni qaytarishga harakat qilish mumkin. Oyoq kiyim yumshoq mato bilan quritiladi. Keyin dog‘lar qalam o‘chirg‘ichi bilan o‘chiriladi. Qog‘oz sochiq bilan quritilib, sirtni ishqalamaslikka harakat qilish lozim. Yumshoq matoni sirkaga botirib, qolgan dog‘lar ham muloyimlik bilan artib olinadi. So‘ngra oyoq kiyimlar quritilib, zamsh cho‘tkasi bilan taraladi.

  • Keda va krossovkalarni kir yuvish mashinasida qanday yuvish kerak?
  • Charm, zamsh, jut: poyabzallar qanday tozalanishi kerak?
  • Poyabzal g‘ijirlashidan xalos bo‘lishning sinalgan usullari

Qiziqarli malumotlar
Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar