Charli Chaplin hikmatlaridan to’liq malumot oling
Komediya suratga olish uchun menga park, politsiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi.
Sevilmaganlargina nafratlanadilar.
Men siyqasi chiqqan mavzudan qo‘rqmayman. Hayotning o‘zi to‘lasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va o‘lamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qo‘yamiz.
Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir.
Hech qachon bola bo‘lmaganlar katta ham bo‘lmaydilar.
Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni ko‘rolmaydi.
Tabassumsiz kun – yo‘qotilgan kun.
Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qo‘yishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uyg‘unlashtira olsam, u o‘sha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi.
Men kambag‘allikda hech qanday joziba yoki ibrat ko‘rmayman. U menga hech narsani o‘rgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvchi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi.
Hamma gap samimiyatda. Chol banan po‘chog‘iga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir bo‘lsa, miriqib xoxolaymiz.
Mening og‘rig‘im kimningdir kulgisiga sabab bo‘lishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir og‘rig‘iga sabab bo‘lmasligi kerak.
Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi.
Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga o‘xshaydi. U bilan har kuni shug‘ullanib turish kerak.
Hayot repetitsiya qilinmaydigan pesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yig‘lang, raqsga tushing, kuling va qo‘lingizdan kelganicha yaxshi yashang.

Orif Tolib tarjimasi
«Yoshlik» jurnali, 2016 yil, 9-son
Aforizmlar
Charli Chaplin hikmatlaridan