Chaqaloqqa vitaminlar qachondan boshlab beriladi? haqida to’liq ma’lumot oling

Chaqaloqqa vitaminlar qachondan boshlab beriladi? haqida to’liq ma’lumot oling

💊Chaqaloqqa vitaminlar qachondan boshlab beriladi?

🤱🏻Chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqish uning har tomonlama mukammal o‘sishi, sog‘lom bo‘lishi, turli yuqumli kasalliklarni yengib o‘tishida yordam beradi. Shu sababli, 6 oylikkacha chaqaloq rivojlanishi mobaynida ularga hech qanday vitaminlar, sharbatlar berish shart emas.
☝️Ko‘krak sutida chaqaloq organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha ozuqalar, hatto vitaminlar yetarlicha mavjud.
Bolaga 6 oylikdan so‘ng sekin-asta suv, kompot va meva sharbatlaridan oz-oz berish mumkin, faqat ko‘krak sutidan so‘ng, kuniga 1- 2 marotaba, 1 choy qoshiqdan boshlash tavsiya qilinadi.

👫Bola 1 yoshga yetganda qo‘shimcha ovqat kuniga 3 marotabaga yetkazilishi mumkin, bunda kartoshkali va sabzavotli pyurelar, qiymalagichdan o‘tkazilgan go‘sht, qatiq, guruchli, manniy bo‘tqalari berish mumkin. Bolaga choy ichirish, ovqatiga tuz sepib berish tavsiya etilmaydi. Xullas, onalar go‘daklarini to‘g‘ri parvarishlashsa, ular sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sadilar.

@Yosh_onalarga_maslahatlar

Malumotlar
Chaqaloqqa vitaminlar qachondan boshlab beriladi?