Chaqaloqqa sut yetishmasligini qanday qilib bilish mumkin
Chaqaloqqa sut yetishmasligini qanday qilib bilish mumkin🤱 Ona suti yetishmasligining asosiy belgilari: -Bolaning bir oyda vazni yetarlicha oshmasligi; -Ona sutining sutkalik miqdori kamayishi; -Bolaning tashvishlanishi; -«Quruq yo’rgak» alomati — sutkalik siydik hajmining kamayishi. Bir necha oylikli chaqaloq kuniga kamida olti marta siydik chiqarishi, bunda siydik rangsiz yoki och-sarg’ish bo’lishi kerak) Ona sutini ko’paytirishning usullari 🍼 -Chaqaloqni tez-tez, uning talabiga ko’ra emizish; -Rezina so’rg’ichlardan (soska) imkon qadar kamroq foydalanish: butilkachalardan suyuqlikni so’rib olish osonligi sababli, bola osoniga o’rganib qolishi va ko’krakni yaxshi emmasligi ehtimoli mavjud; -Bola bilan yaqinroq bo’lish sutning ko’payishiga olib keladi, bola bilan ko’proq vaqt o’tkazishga harakat qiling; -Bola emishni o’zi to’xtatmaguncha uni ko’krakdan olmaslik; -3-4 soatlik intervallar bilan bolani turli ko’krak bilan emizish; -Onaning to’yib uxlashi ham sut ishlab chiqarilishiga ijobiy ta’sir qiladi. Manba©Chaqaloqqa sut yetishmasligini qanday qilib bilish mumkin
DO`STLARGA ULASHING:
@Yosh_onalarga_maslahatlar
Chaqaloqqa sut yetishmasligini qanday qilib bilish mumkin