Chaqaloqning burnini tozalash
Chaqaloqning burnini tozalash Chaqaloqning burni bilan nafas olishda qiynalishini shamollash bilan adashtirmaslik muhim! 📌Bolangizni qorniga yotqizib, boshini asta yon tomonga qarating. Bunday holatda bola yaxshiroq nafas oladil chunki bu holat bola nafas yo’llarida yig’ilib qolgan so’lakni chiqarib tashlashga yoki tili nafas yo’llariga to’sqinlik qilishidan asraydi. 📌Bola uxlaydigan xonani iloji boricha chang va pardan xoli qiling. Xonadan chang yig’adigan narsalarni olib chiqing, ya’ni yumshoq o’yinchoqlar, parli yostiqlar. Agar bola burni yaxshi nafas olsa o’yinchoqlar qolaverishi mumkin. 📌Bolani nafas yo’liga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi hidlardan yiroqda ushlang. Sigaret tutuni, kraska hidi, mashina chiqindi gazlar hidi, atir va boshqa parfyumeriya buyumlari nafas olishga to’sqinlik ko’rsatishi mumkin. Bola bor uyda chekilmasligi lozim. 📌Bolani burni bitib qolganda, bola emishga qiynalsa sho’r suvdan (1 litr qaynatib ilitilgan suvga 2 choy qoshiq tuz) foydalanib burnini tozalang. Buning uchun bolani vertikal ushlab burniga 1-2 tomchi sho’r suvdan (Natriy Clorid) quyib yoki tuzli suvlik spreydan 1 marta sepib bolani bir daqiqaga boshini tanadan pastroq bo’lgan holatda ushlab turing. Burun ichidagi suyuqlik yumshatiladi. Agar suyuqlik o’zi chiqishi uchun juda ko’p yoki quyuq bo’lsa, u holda aspirator (suyuqlikni so’rib oluvchi vosita) dan foydalaning. Sho’r suvdan yumshagan suyuqlikni burnini boshidan ichkariga tiqmay turib aspirator bilan tortib oling.Chaqaloqning burnini tozalash
DO`STLARGA ULASHING:
Chaqaloqning burnini tozalash