Chaqaloqni ko‘p hiqichoq tutsa xavotir olmang! to’liq malumot oling

Chaqaloqni ko‘p hiqichoq tutsa xavotir olmang! to’liq malumot oling

Chaqaloqni ko‘p hiqichoq tutsa xavotir olmang!

Olimlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hiqichoq tutishi bosh miya rivojlanishining asosiy belgisi, deb hisoblashmoqda. “Clinical Neurophysiology” nomli ilmiy jurnalida keltirilishicha, hiqichoq vaqtida bolaning bosh miyasida nafas olish jarayonini nazorat qiluvchi signallar paydo bo‘ladi.

Ona qornidayoq rivojlanadi

Hiqichoq homiladorlikning to‘qqizinchi haftasida paydo bo‘ladi va tug‘ilgan vaqtida ham davom etadi. Oy kuni to‘lib tug‘ilmagan chaqaloqlarda, ayniqsa, hiqichoq ko‘p kuzatiladi (15 daqiqa).

Tadqiqod

London universiteti olimlari hiqichoq vaqtida qorin mushaklari (diafragma) qisqarishi bosh miya asosida ijobiy reaksiyalarni keltirib chaqirishining guvohi bo‘lishdi.

Tadqiqotda 30-42 haftalikkacha bo‘lgan chaqaloqlarning bosh miyasi skaner qilindi. Ularning boshiga EEG (elektroensefalografik) elektrodlari ham ulanib, hiqichoq vaqtida tanaga tarqalgan impulslar qayd etib borildi. Aniqlanishicha, har bir hiqichoq tortish davomida bolaning bosh miyasida qorin mushaklari qisqarishi bilan bog‘liq ikki katta va ovozga javob beruvchi bitta kichik neyron to‘lqinlari paydo bo‘lgan.

Xulosa

“Yuqoridagi jarayonlar orqali chaqaloq o‘z tanasini his qilishni, bosh miya nafas olish mushaklarini nazorat qilishni o‘rganadi”, deydi London universiteti tadqiqotchisi Lorenso Fabrisi.

“Kattalarni hiqichoq tutishi esa chaqaloqlik davridan qolib ketgan qoldiq refleks bo‘lsa kerak”, – deydi olima Kimberli Uaytxed. Bunda ko‘p yeb qo‘yishdan keyin hosil bo‘luvchi hiqichoq emas, tabiiy hiqichoq nazarda tutilmoqda.

Boshqa mavzular
Chaqaloqni ko‘p hiqichoq tutsa xavotir olmang!