CHAQALOQLARNING LIQILDOG´I HAQIDA

CHAQALOQLARNING LIQILDOG´I HAQIDA
chaqaloqlarning liqildogi haqida 65cab0c58dc79

bolalar liqildogi min

CHAQALOQLARNING LIQILDOG´I HAQIDA

DO`STLARGA ULASHING:

CHAQALOQLARNING LIQILDOG´I HAQIDA

Yangi tug‘ilgan bolakaylarning onalari o‘zlarining kichkintoylarida liqildoqlar bo‘lishini yaxshi bilishadi. Ko‘pchilik onalar bolaning shu sohasini nozik joy deb bilib, qo‘l bilan tegish mumkin emas deb o‘ylashadi. Haqiqatdan ham shundaymi? Liqildoqlar bolaga nima uchun kerak? Bu liqildoqlar qachon yopilishi kerak? Liqildoqning hajmi juda kichkina yoki katta bo‘lsa nima bo‘ladi? Bu kabi savollar yosh onalarni qiziqtirishi tabiiy holatdir.

☝️Chaqaloqlar liqildog‘i bolalarning tug‘ilish jarayonida muhim rol o‘ynaydigan eng asosiy hosilalardan biri hisoblanadi. Homilaning tug‘ruq jarayonida ayol jinsiy yo‘llaridan o‘tish vaqtida, bolaning kalla suyaklari egiladi (bu holat normal hisoblanadi), hajmini kichiklashtiradi va jinsiy kanallar shaklini oladi. Bu jarayon – bola boshidagi liqildoqlar hisobiga sodir bo‘ladi va u ona uchun ham bola uchun ham tug‘ruq jarayonini yengillashtiradi. Homilaning kalla chanog‘ining o‘ziga xosligi, uning anatomik tuzilishidadir.

Albatta, homila kalla chanog‘i ham katta odamlar kabi bir xil suyaklardan tuzilgan. Lekin kalla suyaklari kattalarnikiga qaraganda egiluvchan va elastik, bir-biri bilan to‘liq birikmagan hamda suyaklanmagan bo‘ladi. Bunday hosilalar bola kallasida amortizator vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi:

Peshona birikishi (metopik birikish) – peshona suyaklari orasida;
Koronar birikish – peshona va tepa suyaklari orasida;
O‘qsimon (sagittal) birikish – tepa suyaklari orasida;
Tepa (lambadosimon) birikish – ensa va tepa suyaklari orasida;
O‘ng va chap yonbosh birikish – tepa va chakka suyaklari orasida.

Bola liqildoqlari
👉Oldinigi yoki katta liqildoq – rombsimon shakldagi hosila, uning chegaralari burchaklari peshona va sagittal birikishlardan boshlanadi, yon tomondan esa chap va o‘ng tomondan birikmalar;
👉Orqa yoki kichik liqildoq – uchburchak shakldagi o‘qsimon birikma va ensa birikmalari orsidagi chuqurlik;
👉O‘ng va chap ponasimon liqildoqlar – koronar birikmalar va yonbosh birikmalar chegarasida bo‘ladi;
👉O‘ng va chap so‘rg‘ichsimon liqildoqlar – koronar birikma va lambadasimon birikmalar chegarasida

Manba© @Yosh_onalarga_maslahatlar

CHAQALOQLARNING LIQILDOG´I HAQIDA